Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



9-may – “Xotira va qadrlash kuni”


Hurmatli jamoa!
 
Urganch davlat universiteti ma`muriyati barchangizni 9-may – “Xotira va qadrlash kuni” bilan, Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 76 yilligi bilan chin qalbdan samimiy tabriklaydi!
 
Tinchlik-osoyishtalik va xotirjamlik inson uchun eng muhim hayotiy zarurat. Tinchlik bo‘lmas ekan xonadon ham, mamlakat ham aslo xotirjam bo‘la olmaydi, taraqqiy etmaydi.
 
O‘zbek xalqi azal-azaldan tinchliksevar xalq. Buyuk milliy ma’naviy merosimizda ham aynan shu g‘oya targ‘ib qilingan. 9-mayni  Xotira va qadrlash kuni tarzida umumxalq bayrami sifatida nishonlab kelayotganimiz zamirida ham aynan ana shu ezgu maqsad, tinchlikni ulug‘lash yotibdi.
 
Bugun ham safimizda qanchadan-qancha urush qatnashchilari, front ortida mashaqqat chekkanlar bor. O‘tganlarni xotirlash, safimizda yurganlarni esa qadrlash juda savobli ish.
 
Siz, azizlarga va sizlarning timsolingizda butun oila a’zolaringizga  chuqur hurmat-ehtiromimiz va ezgu tilaklarimizni izhor etamiz.
 

Ulashish