Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



"Gurvak-Xorazm qovunchiligi ramzi" nomi ostidagi Qovun saylida universitetimiz talabalari ishtirok etdi

2019 yil 13-avgust kuni qadimiy Xiva shahrida "Gurvak-Xorazm qovunchiligi ramzi" nomi ostida Qovun sayli yuqori ko'tarinki ruhda bo'lib o'tdi. Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari "Qovun sayli"da turli millatli sayyohlarimizga qovun navlari va ularning inson organizmiga foydali jihatlari haqida ma'lumot berishdi. Bunda ular fermerlarning nutqini tarjima qilishdi. Italiya va Germaniyalik sayyohlar qovunning "Gurvak" navidan ta'tib ko'rib ta'miga tasannolar bildirishdi. Bundan tashqari folklor ijrosidagi milliy kuy-qo'shiqlar barchaga ko'tarinki kayfiyat ulashdi. 

Ulashish: