Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



#Profilaktika

✅️Universitet fakultetlarida faoliyat olib borayotgan kabinet mudirlari, laborant hamda uslubchi va dispetcherlar bilan profilaktik uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Bugun Korrupsiyaga qarshi kurash “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan ushbu uchrashuvda bo‘lim boshligʻi X.Shihova tomonidan xodimlarning faoliyatlarida yuz berishi mumkin bo‘lgan korrupsiyaviy xavf-xatarlar, ta’magirlik holatlari va tanish-bilishchiliklarni oldini olish borasida tushuntirish ishlari olib borildi. Ish jarayonlarida yig‘ilgan hujjatlardan shaxsiy maqsadlar uchun noqonuniy foydalanmaslik tushuntirildi. 

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining  “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni va qonunosti hujjatlari ijrosini ta'minlash borasidagi ishlar va amalga oshirilayotgan islohotlar haqida xodimlarga maʼlumotlar  berildi.  Korrupsion holatlarni oldini olish va bartaraf etish bo'yicha fikr-mulohazalar bildirildi.

Tizimda sodir bo’lishi mumkin bo’lgan har xil korrupsion holatlar yoki manfaatlar to’qnashuvi yuzaga kelishi mumkin bo’lgan taqdirda bo’limga murojaat qilinishi tushuntirildi.

Ulashish: