Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Rektor va sardorlar uchrashuvi

2021-yilning 29-aprel kuni Urganch davlat universiteti  rektori B.Abdullayev  Yoshlar bilan ishlash bo`yicha prorektor S.Davletov hamrohligida universitetning  guruh yetakchilari  bilan kunning birinchi va ikkinchi yarmida uchrashuvlarni o`tkazdi.
Uchrashuvlarda rektor  B.Abdullayev  o'z so`zida universitetning o'tgan davr mobaynida erishgan yutuqlari, xalqaro aloqalari, rivojlanish istiqbollari,  talabalar uchun universitetda yaratilgan shart-sharoitlar, imtiyozlar, moddiy-texnik baza imkoniyatlari,  ta'lim-tarbiya masalalari, istiqboldagi reja va vazifalar haqida so'zladi. 
Yoshlar bilan ishlash bo`yicha prorektor S.Davletov esa  mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlar  ta’lim-tarbiyasiga berilayotgan e’tibor, ayniqsa mamlakatimizda yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratib berish borasidagi keng ko'lamli ishlar haqida gapirib o'tdi.
Shuningdek, bu borada talabalarning ham fikr va mulohazalari,  tashabbus va takliflari tinglandi, talabalar o`zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qildilar. Uchrashuvda muhokama qilingan masalalar yuzasidan qator vazifalar belgilab olindi.

Ulashish: