Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Xorazm viloyatida “Kelajak liderlari” klubi ochilishda Urganch davlat universitetining hamkorligi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 iyundagi “Talabalar va yoshlar forumi”dagi nutqida yosh avlod manfaati yuzasidan bir qator masalalar, xususan, iqtidorli yoshlar orasidan yangi avlod zaxira kadrlari – “Kelajak liderlari”ni shakllantirish tashabbusi ilgari surildi. Ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlagan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan intellektual jihatdan salohiyatli va faol fuqarolik pozitsiyasiga ega, teran fikrlaydigan, mustaqil dunyoqarashga ega yosh liderlar qatlamini shakllantirish maqsadida agentlikning hududiy filiallari qoshida 20-35 yoshli oliy ta’lim muassasalari talabalari hamda davlat organlari va tashkilotlarida faoliyat yuritib kelayotgan yosh davlat fuqarolik xizmatchilari uchun “Kelajak liderlari” klubini tashkil etish bo‘yicha tanlov o`tkazilib, nomzodlar saralab olindi. 
2021-yilning 26-avgustida  “Kelajak liderlari” klubining  ochilishi bo`lib o`tdi. Klubning tashkil etilishi hamda saralash tanlovlarining o`tkazilishida Urganch davlat universiteti professor-o`qituvchilari hamda talaba-yoshlari o‘z hissasini qo‘shdilar. 4 bosqichli klubga a’zolik tanlovlarining ikki bosqichi Urganch davlat universitetida olib borildi. 
Eng quvonarlisi, tanlov bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan 50 nafar klub a’zolarining 38 nafari (76%) davlat xizmatchilari, 12 nafari (24%) talabalar bo‘lib, shundan 10 nafar talaba Urganch davlat universiteti talabalaridir.
Klubni asosiy ish faoliyati davomida yoshlarni davlat fuqarolik xizmatiga qiziqish, yuksak kasbiy salohiyat, yetakchilik, boshqaruvchilik va vatanparvarlik sifatlarini shakllantirish yo‘lida davlat fuqarolik xizmati va inson resurslarini boshqarish va rivojlantirishga oid turli mavzularda amaliy mashg‘ulotlar, uchrashuvlar, ochiq davra suhbatlari, hududdagi muvaffaqiyatli davlat xizmatchilari tomonidan ishtirokchilar uchun mahorat darslari, davlat organlari va tashkilotlariga ekskursiyalar, seminar-treninglar tashkil etilib, bu talabalarimizni yetuk kadr Yangi O‘zbekistonning yangi avlod kadrlari bo‘lib shakllanishida yordam beradi.

urdu.uz

urdu.uz

urdu.uz

Ulashish