Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Filologiya fakulteti haftaligi doirasida tashkil qilingan "Navoiyxon talaba” ko‘rik-tanlovining joriy yilgi ilk soni bo‘lib o‘tdi


2022-yilning  11-mart kuni  Urganch davlat universitetining  Filologiya fakulteti talaba-yoshlari  ishtirokida  "Navoiyxon talaba"  ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tanlovni o'tkazishdan asosiy maqsad Navoiyning boy adabiy merosini o'rganish va targ'ib etishni yo'lga qo'yish, talaba-yoshlar ongi va qalbida Navoiy asarlarining mazmun-mohiyatini chuqur singdirishdan iboratdir.

Alisher Navoiyning boy adabiy merosini o‘rganish, asarlari tarkibidagi so'zlarning lug'aviy ma'nosini tahlil qilish, g'azallarini ifodali o'qish orqali fakultet talabalari "Navoiyxon talaba" ko'rik-tanlovi ijodiy maydonida  bahsga kirishdilar.

3 ta shartda faol qatnashgan talabalar hakamlar hay'ati tomonidan munosib baholab borildi. Tanlov natijalariga ko'ra: 
1-o'rin: Shomuratova Risolat
2-o'rin: Hasanboyeva Munisa
3-o'rin: Sultonova Marhabo

Tadbirning badiiy qismi 207-o‘zbek tili guruhi  talabalari tomonidan Navoiy ijodiyotiga doir kuy-qo‘shiqlar, raqslar hamda sahna ko‘rinishlari ijro qilindi.  

Tanlov  g'oliblari hamda tadbirning faol talabalariga “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi mudiri, dots.S.Matkarimova  tomonidan  Diplom hamda esdalik sovg'alari taqdim qilindi.

urdu.uz, Filologiya fakulteti haftaligi doirasida tashkil qilingan "Navoiyxon talaba” ko‘rik-tanlovining joriy yilgi ilk soni bo‘lib o‘tdi

urdu.uz, Filologiya fakulteti haftaligi doirasida tashkil qilingan "Navoiyxon talaba” ko‘rik-tanlovining joriy yilgi ilk soni bo‘lib o‘tdi

urdu.uz, Filologiya fakulteti haftaligi doirasida tashkil qilingan "Navoiyxon talaba” ko‘rik-tanlovining joriy yilgi ilk soni bo‘lib o‘tdi

Ulashish