Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Yoshlarning ma’naviy-axloqiy holatiga ta’sir etuvchi salbiy illatlarni bartaraf etish masalalariga bag'ishlangan maʼnaviy - maʼrifiy tadbir oʻtkazildi


2022-yilning 7-aprel kuni Urganch davlat universitetida “Yoshlarning ma’naviy-axloqiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi huquqbuzarlik, giyohvandlik, axloqsizlik kabi muammolarni bartaraf etishning samarali yo‘llari” mavzusida maʼnaviy - maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

Unda Fizika-matematika fakultetining professor-oʻqituvchilari, tyutorlari ham 1-bosqich talabalari qatnashdilar. 

Xorazm viloyat IIB XPB XQMB boshligʻi o'rinbosari, podpolkovnik D.Bog`ibekova, Urganch shahar IIO FMB XPB XKMB katta inspektori, mayor Sh.Botirova, IIB xodimi leytenant H.Shomurotovalar tadbir mehmoni boʻldilar.

Tadbirni UrDU Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori S.Davletov kirish soʻzi bilan ochib berib, mavzu bilan tadbir ishtirokchilarini tanishtirdi. Shuningdek, tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsadni bayon etib, turli buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi ma’rifat va ilm orqali kurashish joiz ekanligini ta’kidladi.

Uchrashuv davomida tadbir mehmonlari tomonidan maʼruzalar qilindi. Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar qatorida huquqbuzarlik, giyohvandlik, axloqsizlik va ularni oldini olish borasida qator ishlar olib borilayotganligi, mazkur uchrashuv mustaqil fikrlaydigan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan qaraydigan, qat’iy hayotiy e’tiqod va qarashlarga ega bo‘lgan, milliy madaniyatimizga yot bo‘lgan zararli ta’sirlarga qarshi turishga qodir yoshlarni tarbiyalashga qaratilganligini alohida ta’kidladilar.

Tadbirda talaba-yoshlar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan atroflicha javob olishdi.

urdu.uz, Yoshlarning ma’naviy-axloqiy holatiga ta’sir etuvchi salbiy illatlarni bartaraf etish masalalariga bag'ishlangan maʼnaviy - maʼrifiy tadbir oʻtkazildi

urdu.uz, Yoshlarning ma’naviy-axloqiy holatiga ta’sir etuvchi salbiy illatlarni bartaraf etish masalalariga bag'ishlangan maʼnaviy - maʼrifiy tadbir oʻtkazildi

urdu.uz, Yoshlarning ma’naviy-axloqiy holatiga ta’sir etuvchi salbiy illatlarni bartaraf etish masalalariga bag'ishlangan maʼnaviy - maʼrifiy tadbir oʻtkazildi

Ulashish