Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri o‘rinbosari Rahimjon Hakimov Urganch davlat universitetida boʻldi


Joriy yil 16-aprel kuni Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirining fan va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari Rahimjon Hakimov Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi. 

Tashrif doirasida UrDU rektori B.Abdullayev hamrohligida Xorijiy filologiya, Fizika-matematika hamda Tabiiy fanlar fakultetlarining dars jarayonlarini kuzatdi. Talabalar va fan oʻqituvchilari bilan suhbatda boʻldi. Til bilish va kompyuter texnologiyalari borasidagi koʻnikmalari, IELTS sertifikat mavjudligi bilan qiziqdi. Talabalar bilan ingliz tilida muloqot qilib, ularni oʻz mutaxassisligi boʻlgan ingliz tilidan tashqari, yana boshqa xorijiy tillarni oʻrganishga chaqirdi. Yoshlarning kelajak rejalari, maqsadlari bilan qiziqdi. Ularni doimiy ravishda oʻz ustida ishlab, qunt bilan taʼlim olishga chaqirdi.

“Hozirgi paytda zoʻr mutaxassis boʻlish uchun ikki narsa juda muhim: til bilish va IT. Shundagina siz zamon talabiga labbay deb javob bera oladigan kadr hisoblanasiz!”dedi R.Hakimov talabalar bilan muloqot jarayonida. 

Shuningdek, Tabiiy fanlar fakultetida magistr va doktorantlar uchun alohida tashkil etilgan  laboratoriya bilan tanishib, u yerda olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarining borishi bilan qiziqdi. 

Universitet hududida internet tezligini yanada koʻtarish, IT ga qiziquvchi yoshlar uchun internet tezligi kuchli boʻlgan alohida xona ajratish, semestr davomida oʻqitiladigan fanlar yuklamalarini optimallashtirish borasida koʻrsatmalar berdi. 

urdu.uz, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri o‘rinbosari Rahimjon Hakimov Urganch davlat universitetida boʻldi

urdu.uz, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri o‘rinbosari Rahimjon Hakimov Urganch davlat universitetida boʻldi

urdu.uz, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri o‘rinbosari Rahimjon Hakimov Urganch davlat universitetida boʻldi

urdu.uz, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri o‘rinbosari Rahimjon Hakimov Urganch davlat universitetida boʻldi

Ulashish