Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universitetida ikki avlod uchrashuvi boʻlib oʻtdi


2022-yil 16-aprel sanasida Xorazm viloyati  mehnat  faxriylari va universitetning iqtidorli yoshlari uchrashuvi oʻtkazildi. Unda viloyat taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshgan va oʻzining yorqin hayot yoʻli bilan ibrat koʻrsata olgan bir guruh faxriy harbiylar ishtirok etishdi. 

Uchrashuvni UrDU Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektori S.Davletov kirish soʻzi bilan ochib berib, bu kabi uchrashuvlar yoshlarimiz uchun ajoyib namuna boʻlishini eʼtirof etdi. 

Uchrashuv mehmonlari Andijon viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan isteʼfodagi podpolkovnik Sh.Jumaniyozov, Xorazm viloyati Milliy gvardiya qoʻriqlash boshqarmasi faxriylar kengashi raisi  K.Ibodullayev,  Qurolli kuchlar aʼlochisi, harbiy xizmatchi, serjant I.Shodiyev, podpolkovnik I.Rahimovlar soʻzga chiqdilar.  

Hayoti yoʻli va faoliyati davomida erishgan yutuqlari,  mustaqillikning har qaysi avlod taqdiriga beqiyos ta’siri, qadr-qimmati, yoshlar uchun berilayotgan imkoniyatlar, avlodlar o‘rtasidagi an’analar davomiyligi  haqida so‘z bordi.

Vatanga muhabbat va sadoqat bilan yashash,  uning rivojiga munosib hissa qoʻshish, asrab-avaylash, kelajakda barchaga oʻrnak boʻladigan umr yoʻliga ega boʻlish borasida oʻzlarining tavsiyalarini, maslahatlarini berdilar. 

Oʻz oʻrnida talaba-yoshlar ham havas ila har bir chiqishlarni tinglab, savollari bilan faol qatnashdilar. 

Uchrashuv yakunida ijodkor talabalarning kuy-qoʻshiqlari namoyish etildi. 

urdu.uz, Urganch davlat universitetida ikki avlod uchrashuvi boʻlib oʻtdi

urdu.uz, Urganch davlat universitetida ikki avlod uchrashuvi boʻlib oʻtdi

urdu.uz, Urganch davlat universitetida ikki avlod uchrashuvi boʻlib oʻtdi

Ulashish