Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Tyutorlar uchun navbatdagi oʻquv seminar boʻlib oʻtdi


2022-yil  16-aprel  sanasida UrDU Madaniyat saroyida tyutorlar uchun  doimiy seminar ishining navbatdagi yig'ilishi  bo'lib o'tdi. 

Unda  Urganch shahar Davlat soliq inspeksiyasi boʻlim boshligʻi M.Masharipov va oʻrinbosari  J.Otajonovlar, UrDU birinchi prorektori S.Davletov, rektor maslahatchisi R.Sharipov, “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi dotsenti J.Iskandarov, Yoshlash bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi,  UrDU Xotin-qizlar maslahat kengashi, psixologlar,  barcha fakultetlarning yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o'rinbosarlari hamda universitet tyutorlari ishtirok etdilar. 

Seminar ishini anʼanaga muvofiq, UrDU Yoshlar masalalari, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektori S.Davletov ochib berib, talabalar bilan ishlash, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, bandligini taʼminlash borasida tyutorlarning vazifalari haqida maʼruza qildi.

Oʻquv-seminarda tyutorlarga ijarada yashovchi talabalar bilan xonadon egalari oʻrtasida ijara shartnomasini tuzish tartibi – qoidalari haqida maʼlumotlar berildi.  Universitetda  yoshlarning taʼlim-tarbiyasi, yashash sharoiti, ularning muammolari bilan toʻxtovsiz shugʻullanish lozimligi, ularning to'garaklardagi  ishtirokini yanada  kuchaytirish borasida takliflar hamda  bugungi kunda tyutorlik faoliyatini yanada samarali tashkil etish, talabalar bilan muloqot qilish hamda ishlashda zarur ilmiy-psixologik tavsiyalar   berildi.

Shuningdek,  tyutorlarning oʻtgan 2 oylik faoliyati  monitoringgi natijalari  muhokama qilinib, tegishli vazifalar belgilab olindi.   

Oʻquv-seminar davomida tyutorlar  oʻzaro fikr va tajriba almashdilar. O'z faoliyatlari davomida uchrayotgan turli xil vaziyatlar yuzasidan masʼullarga  savollar bilan murojaat qilib,  zarur javoblarni oldilar.  Bu kabi seminar-treninglar  soha mutaxassislari uchun kasbiy malaka va mahoratlarini oshirishda keng imkoniyatlar yaratishiga aminmiz.

urdu.uz, Tyutorlar uchun navbatdagi oʻquv seminar boʻlib oʻtdi

urdu.uz,Tyutorlar uchun navbatdagi oʻquv seminar boʻlib oʻtdi

urdu.uz,Tyutorlar uchun navbatdagi oʻquv seminar boʻlib oʻtdi

Ulashish