Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universitetida “Kitobxonlik haftaligi”ga start berildi


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 871-son qaroriga asosan, 2021-yildan boshlab har yili aprel oyida “Kitobxonlik haftaligi”ni o‘tkazish belgilangan. Shu asosda, joriy yil 18-23 aprel kunlari “Kitobsevar millat” shiori ostida “Kitobxonlik haftaligi”ni butun respublika boʻylab, shu jumladan Urganch davlat universitetida ham yuqori saviyada o‘tkazish ishlari boshlab yuborildi.

Bugun, 18-aprel kuni universitet Madaniyat saroyida haftalikning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda universitet professor-oʻqituvchilari, ARM jamoasi va talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

Ochilish marosimini Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektori S.Davletov kirish soʻzi bilan ochib berib, haftalik ishiga muvaffaqiyat tiladi.

Tadbir doirasida iqtidorli talaba-yoshlarning chiqishlari, sahna koʻrinishlari, shuningdek, “Eng faol kitobxon” viloyat tanlovi g‘olibasi bilan ushrashuv, kitobxonlar o‘rtasida o‘zbek va jahon adabiyoti namoyondalari hayoti va ijodlari, asarlari yuzasidan viktorinalar, davlat stipendiyalari g‘oliblari bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Ochilish marosimida Yangibozor tumani 7-son maktab o'quvchilari ham oʻzlarining badiiy chiqishlari bilan qatnashdilar.

Tadbirda UrDU ARM direktori Gʻ.Jumanazarov soʻzga chiqib, bugungi kunda ARM faoliyati, fondi va unda mavjud adabiyotlar, kutubxonadan foydalanish tartib-qoidalari haqida talabalarga maʼlumotlar berib, ushbu kitobxonlik haftaligi joriy yil 23-aprelgacha davom etishi hamda undan qator uchrashuv va adabiy-badiiy kechalar, seminar-treninglar, tanlovlar va kitob koʻrgazmalari oʻrin olganligini qayd etdi. Talabalarni faollikka chaqirdi.

Ochilish marosimi yakunida tadbir tashkilotchilari hamda faol qatnashgan talabalar va maktab oʻquvchilari Faxriy yorliq bilan taqdirlandilar.

urdu.uz, Urganch davlat universitetida “Kitobxonlik haftaligi”ga start berildi

urdu.uz, Urganch davlat universitetida “Kitobxonlik haftaligi”ga start berildi

urdu.uz, Urganch davlat universitetida “Kitobxonlik haftaligi”ga start berildi

urdu.uz, Urganch davlat universitetida “Kitobxonlik haftaligi”ga start berildi

urdu.uz, Urganch davlat universitetida “Kitobxonlik haftaligi”ga start berildi

Ulashish