Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Yoshlar yetakchilari va talabalar uchrashuvi


Prezidentimizning shu yil 19-yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, mahalla tizimida yangi lavozim egalari – yoshlar yetakchilari faoliyat boshladi.

Endilikda oliy taʼlim muassasalari oʻzlariga biriktirilgan mahallalarda bevosita yoshlar yetakchilari orqali ish olib boradi. Shu oʼrinda taʼkidlash joizki, Urganch davlat universiteti oʻziga berkitilgan mahallalarning yoshlar yetakchilari bilan doimiy aloqani yoʻlga qoʻyib, hamkorlikda ish olib bormoqda.

Bugun universitetning Tabiiy fanlar fakulteti 211-biologiya,193-kartografiya va geografiya guruhi talabalari hamda “Maʼrifat”, “Umid”, “Jaloliddin Manguberdi”, “Temir yo'lchi” hamda “Toza bog'” mahallalarining yoshlar yetakchilari bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Unda yoshlar yetakchilari soʻzga chiqib, hozirda oʻz mahallalarida yoshlarga keng imkoniyatlar yaratish maqsadida olib borayotgan tashabbuslari haqida gapirdilar. Uchrashuvda talabalar bandlik, ta’lim va harbiy xizmat uchun subsidiyalar olish tartibi, tadbirkorlik bilan shug’ullanish borasidagi javoblar olishdi.

urdu.uz, Yoshlar yetakchilari va talabalar uchrashuvi

urdu.uz, Yoshlar yetakchilari va talabalar uchrashuvi

urdu.uz, Yoshlar yetakchilari va talabalar uchrashuvi

Ulashish