Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



“Kibertahdidlarga birgalikda qarshi kurashish - davr talabi” mavzusida oliy ta’lim muassasalarining talaba-yoshlari ishtirokida targʻibot tadbiri oʻtkazildi


Bugungi kunda internet olamida keng uchrayotgan jinoyatlar, jumladan, gʻoyaviy va texnik buzgʻunchiliklar, jabrlanuvchilarning internet-madaniyati meʼyorlariga rioya qilmasligi oqibatida yuzaga kelmoqda. Shuning uchun ham aholining barcha qatlamlarini oʻz ichiga oluvchi kompleks targʻibot ishlarini amalga oshirish, kibertahdidlarning oldini olish muhim ahamiyat kasb etmoqda.

2022-yilning 27-aprel sanasida viloyat Ichki ishlar vazirligi tashabbusi bilan Urganch davlat universitetida “Kibertahdidlarga birgalikda qarshi kurashish - davr talabi” mavzusida oʻtkazilgan targʻibot tadbirida aynan shu masalalar keng muhokama qilindi.

Targʻibot tadbirida Xorazm viloyatidagi oliy taʼlim muassasalari: UrDU, TATU UF, TTA UF talaba-yoshlari, professor-oʻqituvchilari, ishchi-guruh vakillari va viloyat IIB xodimlari ishtirok etdilar.

Tadbirni UrDU Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektori S.Davletov kirish soʻzi ochib berib, moderatorlik qildi.

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi mas’ul xodimi  S.Sadikov, Ichki ishlar vazirligi mas’ul xodimi M.Sultonov, Urganch shahar bosh imom xatibi H.Kenjayev, Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi boshlig‘i o‘rinbosari F.Farxodov,  Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Kiberxavfsizlik fakulteti katta o‘qituvchisi  D.Abdullayev, Ichki ishlar vazirligi mas’ul xodimi L.Atoyevlar ishtirok etib,  maʼruza qildilar.

Xususan, aholining axborot texnologiyalari boʻyicha savodxonlik darajasi holati,  bu borada taʼlim muassasalari yoshlari oʻrtasida olib borilayotgan targʻibot chora-tadbirlari, internetdagi tahdidlarni barvaqt oldini olish bo‘yicha kompleks targ‘ibot chora-tadbirlarining mazmuni va mohiyati, talaba-yoshlarning kiberxavfsizlik talablariga rioya etish masalalari, bugungi kundagi asosiy maʼnaviy tahdidlar, keng tarqalgan jinoyatlar, Kiberjinoyat va uning xususiyatlari, yoshlarda internetdan foydalanish madaniyatini shakllantirish, talabalar va professor-oʻqituvchilarning kiberxavfsizlikni taʼminlashdagi rolini yanada oshirish masalalari maʼruzachilar tomonidan taqdimotlar asosida batafsil tushuntirildi.

Internetdagi turli xil qimor oʻyinlarining ayanchli oqibatlari hayotiy misollar bilan gapirib berilib, talabalar ogohlikka chaqirildi.

Maʼnaviy tahdidlarning hozirda keng tarqalgan turlari – aqidaparastlik va diniy ekstremizm, ulardan saqlanish, eʼtiborsiz ravishda internetning turli nosogʻlom makonlariga kirib, ushbu illatlar domiga tushib qolmaslik kabi dolzarb masalalar yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Ayniqsa,  Ichki ishlar vazirligining Kiberxavfsizlik markazi tomonidan ishlab chiqilgan “Kiberyordamchi” tizimi haqidagi maʼlumotlar va mutasaddilar tomonidan seminar ishtirokchilariga  shu yerning oʻzida ushbu tizimdan foylanish tartibi va uning qulayligini koʻrsatib berilganligi talaba-yoshlarda katta qiziqish uygʻotdi.

Tadbir davomida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollari bilan faol ishtirok etdilar.

Ushbu targʻibot tadbiri talaba-yoshlarning hayotlarida uchrashi mumkin boʻlgan turli salbiy holatlarni oldini olishda katta ahamiyatga ega boʻlishi shubhasizdir.

Ulashish