Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun Matematika fani bo‘yicha xotira turnirining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi


Bugun, 2022-yil 5-may kuni Urganch davlat universitetida umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun Matematika fani bo‘yicha  xotira turniri boʻlib oʻtmoqda. Shu munosabat bilan UrDU Madaniyat saroyida turnirning ochilish marosimi oʻtkazildi.

Xotira turniri 1966-1995-yillarda Xorazm davlat pedagogika instituti (hozirgi Urganch davlat universiteti) da samarali mehnat faoliyatini olib borgan matematik olim, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Ismoil Abdullayev xotirasiga bag‘ishlab oʻtkazilmoqda.

Ochilish marosimida olimning zamondoshlari, kasbdosh doʻstlari, faxriy ustozlar, shogirdlari, Urganch davlat universiteti professor-oʻqituvchilari, talabalar hamda turnirda qatnashish istagidagi maktab oʻquvchilari ishtirok etdilar. 

Tadbirni UrDU Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektori S.Davletov kirish soʻzi bilan ochib berdi. Shuningek, universitet faxriy ustozlari X.Bobojonov, S.Masharipova, q.x.f.d., prof.Gʻ.Satipov, Xorazm viloyati Xalq taʼlimi  boshqarmasi boshligʻi H.Bektemirovlar soʻzga chiqib, ustozning ezgu amallari, xayrli ishlari, esda qolarli voqealarni xotirladilar.  Hayoti, ilmiy-ijodiy izlanishlari va ish faoliyatiga oid maʼlumotlar berildi, matematika sohasiga qoʻshgan hissasi va bugungi kunda olimning faoliyatini davom ettirib, jamiyatda oʻz oʻrniga ega izdoshlari  eʼtirof etildi. 

Shundan soʻng, Fizika-matematika fakulteti dekani J.Xoʻjamov olimpiada ishtirokchilariga  turnirning o‘tkazilish tartib –qoidalari  boʻyicha tushuntirish berib, barcha ishtirokchilarga omad tiladi. 

Eslatib oʻtamiz, turnir mobaynida universitet boʻylab sayohat, tushlik  hamda gʻoliblarni taqdirlash marosimi va konsert dasturi ham rejalashtirilgan.

urdu.uz, Umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun Matematika fani bo‘yicha xotira turnirining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi

urdu.uz, Umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun Matematika fani bo‘yicha xotira turnirining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi

urdu.uz, Umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun Matematika fani bo‘yicha xotira turnirining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi

urdu.uz, Umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun Matematika fani bo‘yicha xotira turnirining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi

Ulashish