Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Tinchlikning qadri…


Tinchlik, insoniyatga berilgan eng oliy ne'matki, faqat tinchlik va xotirjamlikkina jamiyatni taraqqiyot sari ildam yetaklay oladi. O‘zbek xalqi tinchliksevar xalq sifatida o‘zining buyuk milliy, ma'naviy merosi bilan jahon tarixida o‘chmas iz qoldirgani barchamizga ma'lum.

 Vaholanki, butun insoniyat boshiga ulkan kulfatlar solgan Ikkinchi jahon urushida xalqimizning jasorati va matonatini unutishga hech birimizning haqqimiz yo‘q. Shuning uchun ham har yili yurtimizda 9 may — urushda qatnashgan 1,5 milliondan ortiq vatandoshimizning jasoratini, front hududlaridan O‘zbekistonga ko‘chirilgan bir millionga yaqin oila va bolalarni qabul qilgan xalqimizning bag‘rikengligini anglash va qadrlash kuni sifatida nishonlaniladi. 

 Bir so‘z bilan aytganda, 9 may bugungi tinchlikning qadriga yetish kuni sifatida jamiyatimiz ongu shuuridan joy olgan qadriyatdir.

Joriy yilning 6 may kuni “Yuksalish” umummilliy harakati Xorazm viloyati hududiy bo‘linmasi Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Xorazm viloyat bulimi bilan hamkorligida Urganch shahridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyiga Viloyat hokimiligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi a'zolari, jamoat tashkilotlari rahbarlarining tashrifi uyushtirildi. Tashrifning asosiy maqsadi Ikkinchi jahon urushining ayanchli oqibatlarini unutmaslikni, faxriylarni e'zozlashni, Vatanimiz ozodligi va erkinligi yo‘lida qurbon bo‘lgan insonlarning xotirasini yod olish, hayoti va faoliyatini targ‘ib etishga qaratilgan.

Muzeyga tashrif buyurganlar Urush yillarining azobi, ocharchilik dahshati, avlodlarimiz taqdirida minbad qora kunlarni boshidan o‘tkazgan Vatan fidoiylari bilan faxrlanishlarini izhor etib, bugungi tinch va osuda hayotimiz, mamlakatimizning har jabhasida yuz berayotgan yangilanish va o‘zgarishlarni alohida e'tirof etib o‘tishdi.

 Ma'lumot o‘rnida Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi ekspozisiyasi mustaqillikkacha bo‘lgan jarayonlarni tarix hujjatlar asosida yorqin ko‘rsatib berishi, yuqori g‘oyaviy va badiiy saviyada yaratilishi, ziyoratchilarni, ayniqsa, o‘sib kelayotgan yosh avlodni mustaqillik davri qadriyatlariga sadoqat ruhida tarbiyalashda viloyat miqyosidagi muhim madaniy-ma'rifiy o‘choqlardan biridir. 

Xorazm viloyatida salkam bir asrlik tarixning jonli guvohi bo‘lgan 8 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi davlatimiz ardog‘i, xalqimizning e'zozida hayot kechirmoqdalar.

urdu.uz, Tinchlikning qadri…

urdu.uz, Tinchlikning qadri…

urdu.uz, Tinchlikning qadri…

Ulashish