Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universitetida “O‘zarxiv” agentligi direktori Ulug‘Bek Yusupov bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi


2022-yil 11-may kuni  Urganch davlat universitetida “O‘zarxiv” agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda arxiv xodimlari bilan bir qatorda Viloyat hokimi o'rinbosari S.Salayev, universitet rahbariyati, Tarix fakulteti professor-oʻqituvchilari va talabalari,  arxivshunoslar va tadqiqotchilar ishtirok etdilar. 

Urganch davlat universiteti uzoq yillardan buyon ham ilmiy, ham arxiv sohasi bo‘yicha o‘zaro aloqalarni mustahkamlab, hamkorlikda faoliyat ko‘rsatib kelmoqdalar. Urganch davlat universiteti, xususan Tarix fakulteti ham viloyatdagi davlat arxivlari bilan yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda. Universitet professor - o‘qituvchilari, ilmiy xodimlari, doktorantlari va talabalari viloyat davlat arxivlarida o‘zlarining ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.
Uchrashuvda shular haqida atroflicha maʼruzalar qilinib, arxiv faoliyati yuzasidan videoroliklar namoyish etildi. 

UCHRASHUV DOIRASIDA “O‘ZARXIV” AGENTLIGI VA URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI “ANGLASHUV MEMORANDUMI”NI IMZOLASH MAROSIMI OʻTKAZILDI. 

Endilikda ushbu hamkorlikni nafaqat universitet va Xorazm viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi o‘rtasida, balki universitetning respublika arxiv muassasalari bilan uzviy hamkorligini ta’minlash, ilmiy-tadqiqot ishlari ko‘lamini kengaytirish maqsadida “O‘zarxiv” agentligi bilan anglashuv memorandumi tuzildi. 

Urganch davlat universiteti nomidan rektor Baxrom Abdullayev hamda O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi nomidan Arxiv direktori Ulug‘bek  Yusupov “Anglashuv Memorandumi”ni imzoladilar. 

Tadbir yakunida UrDU birinchi prorektori, t.f.d., prof. S.Davletov so`zga chiqib,  Urganch davlat universiteti hamda Xorazm viloyat davlat arxivlari bilan avvaldan oʻrnatilgan hamkorlik aloqalari haqida axborot berib, galdagi vazjfalar haqida oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi va universitetning esdalik sovgʻalarini mehmonlarga taqdim qildi.

O‘zaro manfaatli hamkorlik munosabatlari va idoralararo aloqalarni yanada kengaytirish, davlat qonunchiligi talablari va o‘z vakolatlari doirasidagi mazkur kelishuv o‘z-o‘zidan keyingi 5 (besh) yillik muddatda ikki tomon uchun ham samarali va foydali boʻlishiga ishonchimiz komil.

urdu.uz;URGANCH DAVLAT UNIVERSITETIDA “O‘ZARXIV” AGENTLIGI DIREKTORI ULUG‘BEK YUSUPOV BILAN UCHRASHUV BOʻLIB OʻTDI

urdu.uz;URGANCH DAVLAT UNIVERSITETIDA “O‘ZARXIV” AGENTLIGI DIREKTORI ULUG‘BEK YUSUPOV BILAN UCHRASHUV BOʻLIB OʻTDI

urdu.uz;URGANCH DAVLAT UNIVERSITETIDA “O‘ZARXIV” AGENTLIGI DIREKTORI ULUG‘BEK YUSUPOV BILAN UCHRASHUV BOʻLIB OʻTDI

urdu.uz;URGANCH DAVLAT UNIVERSITETIDA “O‘ZARXIV” AGENTLIGI DIREKTORI ULUG‘BEK YUSUPOV BILAN UCHRASHUV BOʻLIB OʻTDI

 

Ulashish