Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universitetida "O'zbekiston Respublikasida Korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan islohotlar" mavzusida seminar tashkil etildi


2022-yilning 14-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi chora tadbirlarni muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Sh.R.Muxamatov, Xorazm viloyati prokurorining o‘rinbosari M.X.Xo‘jayev hamda Xorazm viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i I.B.Nazarov va boshqalar Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdilar.

Mehmonlarni universitet rahbariyati mamnuniyat ila kutib oldi.  Mehmonlar tadbir avvalida universitet iqtidorli talabalarining korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan ijodiy ishlari koʻrgazmasi bilan tanishdilar.  

Shundan soʻng, UrDU Madaniyat saroyida  viloyatdagi oliy ta’lim  muassasalari rahbarlari, pedagog xodimlari va talabalari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi. 

Tadbirni Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev kirish so‘zi bilan ochib, korrupsiyaga qarshi kurashishda jamiyatda, ayniqsa yoshlar orasida ushbu illatga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish muhim o‘rin tutishini ta’kidlab oʻtdi.

Seminarda maʼruza qilganlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan 2017-yil 3-yanvarda qabul qilingan "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun to‘g‘risida, korrupsiya har bir mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti uchun ulkan tahdid bo‘lib, u jamiyatning ma’naviy-axloqiy asoslarini yemirishi va odamlarning davlatga, boshqaruv idoralariga ishonchnini so‘ndirishi, islohotlar g‘oyasini obro‘sizlantirishi, fuqarolarning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishdagi ishtirokiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini taʼkidladilar. 

Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni aniqlash, ularga chek qo‘yish, javobgarlikning muqarrarligini ta’minlashga oid me’yorlar belgilangani "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunning muhim jihatlaridan ekanligini qayd etdilar. 

Shuningdek, korrupsiya muammosiga qarshi kurashishda huquqiy savodxonlik, odamlarni halol mehnat qilishga undab, talaba-yoshlarda o‘z bilimi, kuch g‘ayrati va ijodiy qobiliyati bilan yuksak marralarga erishish xissini tarbiyalash, fuqarolarda korrupsiyaga nisbatan murosasizlik, toqatsizlik madaniyatini shakllantirishning ahamiyati juda katta ekanligi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi.

Tadbir yakunida korrupsiyaga qarshi kurashishda faol qatnashyotgan faollar taqdirlandilar.

Ulashish