Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



«Xorazm - Markaziy Osiyo sivilizatsiyasi tizimida» mavzusidagi respublika konferensiyasi o‘tkazildi


2022-yil 18-may kuni Urganch davlat universiteti  Madaniyat saroyida “Tarix” kafedrasi tashabbusi bilan  «Xorazm - Markaziy Osiyo sivilizatsiyasi tizimida» mavzusida mavzusidagi respublika konferensiyasi tashkil etildi. 

Unda Tarix fakulteti professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodimlar, talaba-yoshlar ishtirok etdi. Konferensiyani UrDU Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektori, t.f.d., prof. S.Davletov kirish soʻzi bilan ochib berdi.  Anjuman “Tarix” kafedrasi dotsenti Sh.Nurullayeva moderatorligida boʻlib oʻtdi. 

Anjuman yalpi yigʻilishida “Tarix” kafedrasi mudiri, dots. O‘.Abdullayevning “Xorazm  vohasi buyuk  ipak yo‘li tizimida: iqtisodiy va ilmiy sahifasidan”“Tarix”  kafedrasi professori t.f.n.,  dots.  Q.Sobirovning “Quyi Amudaryo havzasi bronza davrida: Paleogeografiyasi, etnik jarayonlar hududiy chegaralari va kartografiyasi masalalariga doir ba’zi mulohazalar”TTA UF “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri, PhD Z.Abidovaning “Xorazm vohasida shahidlar bilan bog‘liq qarashlar va ziyoratgohlar”dots. S.Navruzovning  “Zamonasidan ilg‘orlagan tadqiqodchi  (Vasiliy Bartold sharqshunos tadqiqotchi)”  hamda  dots.M.Matyaqubovaning “Xiva xonligining me’moriy obidalari va unga bitilgan tarix” mavzusidagi maʼruzalari tinglandi.

Konferensiya yalpi yigʻilishi yakunida talaba-yoshlarning badiiy chiqishlar namoyish etildi.
Anjuman oʻz ishini shoʻbalarga boʻlingan holda davom ettiradi.

urdu.uz, «Xorazm - Markaziy Osiyo sivilizatsiyasi tizimida» mavzusidagi respublika konferensiyasi o‘tkazildi

urdu.uz, «Xorazm - Markaziy Osiyo sivilizatsiyasi tizimida» mavzusidagi respublika konferensiyasi o‘tkazildi

urdu.uz, «Xorazm - Markaziy Osiyo sivilizatsiyasi tizimida» mavzusidagi respublika konferensiyasi o‘tkazildi

urdu.uz, «Xorazm - Markaziy Osiyo sivilizatsiyasi tizimida» mavzusidagi respublika konferensiyasi o‘tkazildi

Ulashish