Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



“India study day” xalqaro tadbiri tashkil etildi


Bugun, 24-may kuni  Urganch davlat universiteti Madaniyat saroyida  Xorijiy filologiya fakulteti  “Roman--german filologiyasi”  kafedrasi professor –oʻqituvchilari hamda  201/203-guruh ingliz tili taʼlim yoʻnalishi talabalari tomonidan  “India study day” xalqaro tadbiri tashkil etildi.

Mazkur tadbirga prof. J.Ermetova moderatorlik qildi. Tadbirda  ZOOM platformasi orqali xorijlik mehmonlar ham ishtirok etdilar. 

Tadbir Bahadur Lal Shastri nomli Hindiston markazining Sanskrit  lugʻatini Urganch davlat universiteti professori  Atabay Jumaniyozovga topshirish bilan boshlandi.

Shundan soʻng,  professor  “Sanskrit-bobo til” mavzusida  maʼruza qildi. Shogirdi  D.Jumaniyozova esa “Sanskrit tilidan oʻzlashgan soʻzlarning farqli va oʻxshash tomonlari” mavzusidagi  ilmiy-tadqiqot ishining amaliy qismi tahlillarini keltirib, tadbir ishtirokchilariga qiziqarli maʼlumotlar berdi. 

Tadbirning badiiy qismida bir guruh isteʼdodli talabalar oʻzlari tayyorlagan hindcha raqs va Hindiston xalqining milliy eposi  “Mahabharata”dan parchani yigʻilganlar eʼtiboriga namoyish qildilar.

Shuningdek, tadbirda doirasida  “Siz Hindistonni bilasizmi ?” nomli viktorina  ham oʻtkazilib,  savollarga toʻgʻri javob bergan talabalarga esdalik sovgʻalar berildi.

Tadbir nafaqat talabalar, balki hindistonlik mehmonlar  tomonidan ham iliq kutib olindi va kelajakda ikki xalq madaniyati, anʼanalari hamda urf-odatlarini  oʻzida mujassam etadigan  koʻplab tadbirlar oʻtkazilishi taʼkidlandi. 

urdu.uz;“India study day” xalqaro tadbiri tashkil etildi

urdu.uz;“India study day” xalqaro tadbiri tashkil etildi

urdu.uz;“India study day” xalqaro tadbiri tashkil etildi

urdu.uz;“India study day” xalqaro tadbiri tashkil etildi

urdu.uz;“India study day” xalqaro tadbiri tashkil etildi

Ulashish