Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



“Yoshlar giyohvandlikka qarshi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir о‘tkazildi


Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshirigʻiga binoan 2022-yilning iyun oyi  “Giyohvandlikka qarshi kurash oyligi” qilib belgilandi. Shu munosabat bilan, 2022-yil 4-iyun kuni  Urganch davlat universitetida “Yoshlar giyohvandlikka qarshi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir о‘tkazildi.

Tadbirda Xorazm viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi Giyohvandlikka qarshi kurash boʻlimi ma'sul xodimi M.Sherjanov, Xorazm viloyati OITSga qarshi kurashish markazi boʻlim mudiri B.Xoʻjaxonova, Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Xorazm viloyati mintaqaviy filiali shifokori F.Atajonov, shuningdek, Pedagogika, Tabiiy fanlar va Xorijiy filologiya fakultetlarining talaba-yoshlari, tyutorlari ishtirok etdilar. 

Tadbirni Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor S.Davletov kirish sо‘zi bilan  ochib, mamlakatimizda yoshlar ta’lim-tarbiyasiga berilayotgan e’tibor, hukumatimiz tomonidan kо‘rsatilayotgan g‘amxо‘rliklar tо‘g‘risida sо‘zlar ekan, bu ishlardan pirovard maqsad, yoshlarimizning turli aqidaparastlar tо‘riga ilinib qolmasligi, ular о‘rtasida “Asr vabosi” hisoblangan giyohvandlik va og‘ufurushlikka berilishlarning oldini olish hamda farzandlarimiz qalbini turli mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish ekanligini ta’kidlab о‘tdi. 

Shundan soʻng, tadbir mehmonlari soʻzga chiqib, hozirgi kunda respublikamizda “Asr vabosi” bо‘lgan giyohvanlik va unga qarshi kurashish borasida olib borilayotgangan chora-tadbirlar va ularning natijalari tahlilidan misollar keltirib о‘tdilar. О‘z navbatida, giyohvand moddalarning turlari, ularning inson organizmi, xususan, yoshlar organizmiga yetkazadigan salbiy ta’siri haqida gapirishar ekan, bunday illatlar va turli oqimlar ta’siriga tushib qolmasligi uchun atrofidagilardan befarq bо‘lmaslik, shuningdek, yoshlarning bо‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish talab etilishini, shu bilan birga har birimiz yonimizdagi dо‘stimiz, yaqinlarimiz uchun qaysidir ma’noda javobgarligimizni his etishimiz kerakligini alohida ta’kidlab о‘tdilar.

Bunday turli xil illatlardan yoshlarimizni himoya qilish uchun, avvalo, ularning mafkuraviy immunitetini rivojlantirish kerakligi tо‘g‘risida gapirib, oliy ta’lim muassasalarida bunday profilaktik tadbirlarni о‘tkazishdan kо‘zlangan asosiy maqsad, talaba-yoshlarni tо‘g‘ri yо‘ldan ozdirishga harakat qilayotgan turli buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi immunitetni shakllantirish, zarur vaqtda ana shunday kuchlarga qarshi ma’rifat ilmi bilan kurashish kerakligini tushuntirishdan iborat ekanligi haqida taʼkidladilar.

О‘z navbatida ma’ruzachilar tahliliy ma’lumotlar va faktlar asosida giyohvandlik, tamaki va alkogol moddalarining girdobiga tushgan yoshlarning organizmidagi salbiy о‘zgarishlar ularning umumiy sog‘ligiga, jumladan naslga, miya va yurak qon-tomir faoliyatiga, ruhiyatiga, shu bilan birga onggi va tafakkuriga ham juda katta salbiy ta’sir о‘tkazishi haqida kо‘rgazmali targ‘ibot materiallaridan foydalangan holda tushuntirib о‘tdilar. 

Tadbir yakunida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollariga javoblar olishdi.

urdu.uz, “Yoshlar giyohvandlikka qarshi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir о‘tkazildi

urdu.uz, “Yoshlar giyohvandlikka qarshi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir о‘tkazildi

urdu.uz, “Yoshlar giyohvandlikka qarshi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir о‘tkazildi

urdu.uz, “Yoshlar giyohvandlikka qarshi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir о‘tkazildi

Ulashish