Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Britaniya Kengashi joriy yilning 14-15 oktabr kunari Xalqaro biznes markazida turli yo’nalishlardagi fanlar va modullarni ingliz tilida o’qitish tajribasini rivojlantirish bo'yicha


Oliy ta’lim tizimidagi keng miqiyosdagi milliy islohotlarni qo’llab quvvatlash, OTMlar uchun xalqaro hamkorlikni va imkoniyatlarni kengaytirish maqsadida “Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Britaniya Kengashi bilan hamkorlikda 3 yilga mo’ljallangan yangi EMI (English as a medium of instruction) turli yo’nalishdagi fanlar va modullarni ingliz tilida o’qitish tajribasini rivojlantirishga qaratilgan.

   Mazkur loyihani amalga oshirish va milliy hamkorlikni aniqlab olish maqsadida Britaniya Kengashi Respublika OTMlari orasida tanlov e’lon qildi va 13 ta ta’lim muassasasi tanlab olindi. Tanlovda Urganch Davlat Universitetidan ko’plab o’qituvchilar ariza topshirishdi va tanlov natijalari 28-sentabr kuni e’lon qilindi. 5 nafar tanlov g’oliblari 2-4 oktabr kunlari Toshkentda Buyuk Britaniya hamkorlar bilan bo’lib o’tgan ilk uchrashuvda qatnashib kelishdi.

Britaniya Kengashi joriy yilning 14-15 oktabr kunari Xalqaro biznes markazida turli yo’nalishlardagi fanlar va modullarni ingliz tilida o’qitish tajribasini rivojlantirish bo’yicha yangi EMI (English as a medium instruction) xalqaro loyihasi doirasida seminar-treningda Urganch Davlat Universitetidan Shixova Xosiyat, Ermetova Jamila, Allaberganov Bunyod, Abdullayev Davron va Eshchanova Gulbahorlar ishtirok etishdi.

Bu sohadagi strategiyalarni ishlab chiqish bo’yicha ko’plab ma’lumotlarga ega bo’lishdi.

Ulashish