Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



«Tashabbuskor byudjet elchilari» tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi


Joriy yilning 31 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan «Ochiq byudjet» axborot portali doirasida talabalar uchun tashkil etilgan «Tashabbuskor byudjet elchilari» tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir boshida, Moliya vaziri o‘rinbosari Axadbek Xaydarov “Tashabbusli byudjet” loyihasiga yoshlarning, ayniqsa, talabalarning katta qiziqish bildirib, ko‘plab loyihalarni taqdim etgani, vatanimiz taqdiriga daxldorliginini anglatishi haqida aytib, “Ochiq byudjet” axborot portalidan mavsum davomida 15,6 ming talaba ro‘yxatdan o‘tgani hamda tashabbusli byudjet jarayoni davomida ular tomonidan 7,2 mingta takliflar bildirilgani” haqida to‘xtalib o‘tdi.

Undan so‘ng esa, aynan mazkur “Tashabbusli byudjet” jarayonida katta qiziqish bilan ishtirok etgan talabalar o‘z taassurotlari bilan bo‘lishdilar.

 Xususan, tanlovda 13 o‘rinni qo‘lga kiritgan talaba Sherbek Maxmasoatov: “Ochiq byudjet saytidagi "Tashabbusli byudjet" loyihasi davlatimiz tomonidan muommolar uchun ajratilyotgan mablag‘lari ayni kerakli joylarga yetib borishiga sabab bo‘lmoqda. Yana ham quvonarli holat shundaki, keyingi tashabbus uchun qaysi muommoni ko‘tarib chiqamiz deb mahalla mutasaddilari va tashabbuskor aholilar tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Buning barchasiga bosh bo‘lgan Davlatimiz Rahbariga, qolaversa, shu loyiha bo‘yicha ishlayotgan mutasaddilarga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.” – deya ta’kidladi.

 Mazkur tadbirda nafaqat talabalar, balki ularning ota-onalari ham ishtirok etib, tanlov haqidagi o‘z fikr va takliflarini bildirishdi. 

Uchrashuvda g‘oliblarga esdalik sovg‘alari, jumladan, 5 ta noutbuk, 10 ta planshet, 10 ta kindel, 10 ta aqlli soat va 20 ta quloqchinlar o‘z egalariga topshirildi hamda kelgusida jamiyat rivoji yo‘lida faol ishtirokda bardavom bo‘lishlarini ta’kidlandi. 

Shuningdek, Xorazm viloyati bo‘yicha "Tashabbuskor byudjet elchisi" tanlovida respublika bo‘yicha 15-o‘rinni Urganch davlat universiteti  Pedagogika fakulteti 192-guruh talabasi Rahimova Gulruh hamda 37-o‘rinni Urganch davlat universiteti  Tarix fakulteti  193-guruh talabasi Abdirimov Olimboy egalladi.

Moliya vazirligi tomonidan "Tashakkurnoma" va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

O‘tkazilgan marosimda Tashabbuskor byudjet elchilari uchun hududiy Moliya bosh boshqarmalari rahbariyati tomonidan minnatdorchilik bildirildi.

urdu.uz, «Tashabbuskor byudjet elchilari» tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

urdu.uz, «Tashabbuskor byudjet elchilari» tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

urdu.uz, «Tashabbuskor byudjet elchilari» tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

urdu.uz, «Tashabbuskor byudjet elchilari» tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

urdu.uz, «Tashabbuskor byudjet elchilari» tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

Ulashish