Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universitetida “Yangi o‘zbekiston yoshlari zo‘ravonliksiz hayot sari” mavzusida tadbir o‘tkazildi


2022-yil 16-iyun sanasida Urganch davlatuniversitetida "Yuksalish" umummilliy harakati tomonidan  “Faol fuqarolar haftaligi” doirasida Respublika “Istiqbolli avlod” ijtimoiy-axborot markazining Xorazm viloyat bo‘limi bilan hamkorlikda  “Yangi O‘zbekiston yoshlari zo‘ravonliksiz hayot sari” mavzusida  tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Respublika “Istiqbolli avlod” ijtimoiy-axborot markazining Xorazm viloyat bo‘limi rahbari S.Matkarimova, “Yuksalish” umummilliy  harakati viloyat bo‘limi bosh mutahassisi B.Ismailov,  Viloyat ichki ishlar boshqarmasi mas’ul xodimi E.Safayev,  Viloyat ichki ishlar boshqarmasi mas’ul xodimi D.Bog‘ibekova, O‘zbekiston musulmonlar  idorasi Xorazm viloyati vakilligi tasarruvidagi  “Imom Fahriddin ar-roziy” islom bilim yurti mudarrisi Q.Masharipov, Respublika Ma’naviyat markazi bo‘limi bosh mutaxassisi Gʻ.Atajanov hamda UrDU Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori S.Davletov boshchiligida Pedagogika fakulteti professor-oʻqituvchilari, tyutorlari va talaba-yoshlari ishtirok etdilar.

Tadbirni birinchi prorektor S.Davletov kirish soʻzi bilan ochib berdi. Shundan soʻng, tadbir ishtirokchilarining maʼruzalari tinglandi. 

Kelajagimiz vorislari bo‘lgan yosh avlodni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik, yaratuvchilik jarayonlarida faol ishtirokchilari etib tarbiyalashda ta’lim va tarbiyaning uzviyligi o‘ta muhimligini ko‘rsatish, respublikada amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar hamda mutaassib oqimlar tomonidan ijtimoiy tarmoq platformalarida ilgari surilayotgan da’volar, yoshlar orasida diniy aqidaparastlik va mutaassiblik g‘oyalari tarqalishining oldini olish, yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, onggi va qalbida mustaqillik g‘oyalariga sodiqlik, milliy o‘zlikni anglashi uchun targ‘ibot ishlarini amalga oshirish kabi dolzarb masalalar tinglangan maʼruzalarda oʻz aksini topdi.

urdu.uz, Urganch davlat universitetida “Yangi o‘zbekiston yoshlari zo‘ravonliksiz hayot sari” mavzusida  tadbir o‘tkazildi

urdu.uz, Urganch davlat universitetida “Yangi o‘zbekiston yoshlari zo‘ravonliksiz hayot sari” mavzusida  tadbir o‘tkazildi

urdu.uz, Urganch davlat universitetida “Yangi o‘zbekiston yoshlari zo‘ravonliksiz hayot sari” mavzusida  tadbir o‘tkazildi

urdu.uz, Urganch davlat universitetida “Yangi o‘zbekiston yoshlari zo‘ravonliksiz hayot sari” mavzusida  tadbir o‘tkazildi

Ulashish