Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universitetida 2022-2023-o‘quv yili qabuli masalalariga bagʻishlangan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi


Bugun, 22-iyul kuni Urganch davlat universitetida “2022-2023-o‘quv yili uchun oliy taʼlim muassasasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari yuzasidan” mavzusida ochiq muloqot boʻlib oʻtdi. 

Ochiq muloqot universitet rektori Baxrom Abdullayev raisligida oʻtkazildi. Unda Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor S.Xodjaniyozov, Qabul komissiyasi masʼul kotibi, Tabiiy fanlar fakulteti dekani X.Polvonov, OAV vakillari, blogerlar va talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

Ochiq muloqot avvalida rektor B.Abdullayev  universitetda 2022-2023-o‘quv yili qabuliga tayyorgarlik jarayonlari, qoʻngʻiroqlar markazi va maslahat markazi faoliyati, Urganch davlat universitetining 2022-2023-o‘quv yili qabul parametrlari, yangi ochilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari, magistratura mutaxassisliklari, bakalavriatning sirtqi ta’lim yo‘nalishlari, shuningdek, masofaviy ta’lim shakli bo‘yicha maʼlumotlar berdi.

Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, 2022/2023 o‘quv yilida universitetga 65 ta bakalavriat (kunduzgi) ta’lim yo‘nalishlari uchun 2500 nafar, 39 ta magistratura mutaxassisliklari uchun 488 nafar, 25 ta bakalavriatning sirtqi ta’lim yo‘nalishlari uchun 725 nafar abituriyent to‘lov-kontrakt asosida qabul qilish rejalashtirilgan.  Shuningdek, bakalavriatning masofaviy ta’lim shakli bo‘yicha yaʼni 60610100-Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (yo‘nalishlar bo‘yicha) yo‘nalishi bo‘yicha ham 150 nafar abituriyentlarni o‘qishga qabul qilish koʻzda tutilgan. 

Ochiq muloqot ishtirokchilari:
-Nogironligi boʻlgan shaxslarga berilgan imkoniyatlar;
-Oʻqishni koʻchirish masalalari;
-Magistraturaga kvotadan tashqari qabul qilnadimi? 
-Oilali talaba-qizlar uchun qanday imtiyozlar mavjud?  

 shu kabi bir qator savollar bilan murojaat qilib, masʼullardan tegishli javoblar oldilar.  

urdu.uz, Urganch davlat universitetida 2022-2023-o‘quv yili qabuli masalalariga bagʻishlangan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi

urdu.uz, Urganch davlat universitetida 2022-2023-o‘quv yili qabuli masalalariga bagʻishlangan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi

urdu.uz, Urganch davlat universitetida 2022-2023-o‘quv yili qabuli masalalariga bagʻishlangan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi

urdu.uz, Urganch davlat universitetida 2022-2023-o‘quv yili qabuli masalalariga bagʻishlangan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi

Ulashish