Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



11-oktabr - Xalqaro qizlar kuni


Qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish va ularning huquqlarini amalga oshirishga ko'maklashish maqsadida butun dunyo hamjamiyati 11-oktabrni “Xalqaro qizlar kuni” sifatida nishonlaydi. Ushbu sana munosabati bilan bugun Urganch davlat universitetida bayram tadbiri oʻtkazildi. 

Tadbirga universitet rahbariyati, professor-oʻqituvchilari hamda  barcha fakultetlaridan talaba-qizlar jam boʻldi. UrDU Yoshlar masalalari, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektori Sanjar Davletov tadbirni ochib berar ekan, yurtimizda qizlarga bo‘lgan e’tibor, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalasi ustuvorlik qilayotgani, ayniqsa, taʼlim sohasidagi islohotlarga toʻxtaldi. Talaba-qizlarni bayam bilan samimiy qutladi. 

Tadbir avvalida rahbar xodimlar,  universitetda uzoq yillardan buyon faoliyat olib borayotgan faxriy ustozlarning tabrik soʻzlari tinglandi. Soʻzga chiqqanlar tomonidan mamlakatimizda qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ta’lim olish va kasb-hunar o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirish, bandligini ta’minlash va ijtimoiy faolligini oshirish bo‘yicha  amalga oshirilayotgan ishlar eʼtirof etildi. 

Ayniqsa, universitetimizga AQSHdan kelib, talabalarga saboq berayotgan E Vivianna Marcelning chiqishi barchada katta qiziqish uygʻotdi. 

Bayramning badiiy qismida qizlarni madh etuvchi kuy va qo‘shiqlar yangradi, sahna koʻrinishlari ijro etildi. UrDU akademik litseyi iqtidorli o‘quvchilarining chiqishlari bayram davrasiga yanada fayz kiritdi.

Talaba-qizlarni yanada xursand qilish maqsadida esdalik sovgʻalari taqdim qilindi. 

urdu.uz, 11-OKTABR  –  XALQARO QIZLAR KUNI

urdu.uz, 11-OKTABR  –  XALQARO QIZLAR KUNI

urdu.uz, 11-OKTABR  –  XALQARO QIZLAR KUNI

urdu.uz, 11-OKTABR  –  XALQARO QIZLAR KUNI

urdu.uz, 11-OKTABR  –  XALQARO QIZLAR KUNI

Ulashish