Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Mehmonlarimiz madaniy tadbirda qatnashdilar


Koʻrgazmadan soʻng mehmonlar Koreya va Oʻzbekistonning  hamkorlik munosabatlariga bagʻishlangan madaniy tadbirda qatnashdilar.  Shuningdek, ushbu tadbirda Xorazm viloyati hokimligi vakillari, Koreys milliy-madaniy markazi direktori Antonina Kim, viloyatimizdagi OTMlar va  28-sonli va 30-sonli maktablardan mehmonlar hamda universitet rahbariyati, Xorijiy filologiya fakulteti professor-oʻqituvchilari va talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

Tadbirni UrDU rektori B.Abdullayev kirish soʻzi bilan ochib berib, bu kabi doʻstona tashriflar ikki universitetning hamkorlik aloqalarini tobora mustahkamlanishi uchun zamin yaratishiga ishonch bildirdi.

Xorazm viloyati hokimi oʻrinbosari S.Salayev  tabrik soʻzida O‘zbekistonning Koreya bilan do‘stona munosabatlari azaldan davom etib kelayotganligini, qolaversa, bugungi kunda Xorazmda koreyslar o‘zlarining  urf-odatlarini, madaniyatini saqlagan holda o‘zbek xalqi bilan hamohanglikda istiqomat qilayotganligi taʼkidladi. 

Hamkor Dongshin universiteti rektori Dr. Lee Ju Hee oʻz nutqida  bu kabi mehmondoʻstlik, samimiyat va bagʻrikenglik uchun cheksiz minnatdorlik izhor etdi, kelgusida Urganch davlat universitetida koreys tili yoʻnalishining ochilishi va bu ikki universitet uchun ham manfaatli boʻlishiga ishonch bildirdi.

Shundan soʻng, talabalarning badiiy chiqishlari namoyish etilib, sahnada koreys madaniyati va urf-odatiga xos boʻlgan kuy-qoʻshiqlar, sahna koʻrinishlari tomoshabinlar eʻtiboriga havola etildi.

Madaniy tadbir talabalar oʻrtasida oʻtkazilayotgan koreys tili boʻyicha notiqlik tanlovining yakuniy bosqichiga ulanib ketdi va talabalar darslari davomida olgan bilimlarini sahnada, koreys tilida zoʻr mahorat bilan ijro etdilar. Bu esa mehmonlarimiz qalbidan chuqur joy oldi, tanlov yakunida gʻoliblarga oʻzlarining esdalik sovgʻalarini taqdim qildilar.

urdu.uz;Mehmonlarimiz madaniy tadbirda qatnashdilar

urdu.uz;Mehmonlarimiz madaniy tadbirda qatnashdilar

urdu.uz;Mehmonlarimiz madaniy tadbirda qatnashdilar

urdu.uz;Mehmonlarimiz madaniy tadbirda qatnashdilar

urdu.uz;Mehmonlarimiz madaniy tadbirda qatnashdilar

Ulashish