Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Talabalar turar joylarida yaratilgan sharoitlar va universitet kutubxonasi bilan tanishuv boʻlib oʻtdi


Bugun, 12-dekabr kuni Urganch davlat universitetida “Talabalar turar joylarida yaratilgan sharoitlar va universitet kutubxonasi bilan tanishuv” mavzusida media-tur tashkil etildi. Unda OAV vakillari va blogerlar, Fizika-matematika fakulteti talabalari ishtirok etishdi.

Bu galgi media-tur Urganch davlat universitetining Urganch shahar “Gurlan” ko'chasida joylashgan Texnika fakulteti binosida boʻlib oʻtdi. UrDU Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi Sh.Allaberganov, universitet Matbuot kotibi M.Ahmedova hamda ARM xodimlari tomonidan Media-tur ishtirokchilari ushbu hududda yangi barpo etilgan Axborot - resurs markazi  hamda  6-son talabalar turar joyi bilan yaqindan tanishtirildi.

 Mazkur 2 qavatli Axborot - resurs markazi yangi taʼmirlanib, faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Kutubxona Texnika va Filologiya fakulteti talabalari uchun xizmat qiladi.  Umumiy fondi 23 873 adabiyotdan iborat. Axborot- resurs markazida talabalar uchun barcha qulayliklar yaratilgan,  2 ta katta  oʻquv zali, kiyinish xonalari, adabiyotlarni saqlash fondlari mavjud. Talabalar boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish maqsadida 8683 dona badiiy adabiyotlar mavjud. Kutubxona doimiy ravishda talabalar bilan gavjum.  Axborot-resurs markazida muhim sanalarga bagʻishlangan tadbirlar,  yangi adabiyotlar koʻrgazmalari muntazam ravishda oʻtkazilib kelinadi. 

Urganch davlat universitetida 7 ta talabalar turar joylari mavjud bo‘lib, bugungi media-turda mehmonlar 6-sonli TTJ bilan tanishtirildi. Ushbu talabalar turar joyi 240 oʻringa moʻljallangan boʻlib, talabalar uchun barcha sharoit va imkoniyatlar mavjud. 

Talabalar turar joylarida yaratilgan sharoitlar va universitet kutubxonasi bilan tanishuv boʻlib oʻtdi; urdu.uz

Talabalar turar joylarida yaratilgan sharoitlar va universitet kutubxonasi bilan tanishuv boʻlib oʻtdi; urdu.uz

Talabalar turar joylarida yaratilgan sharoitlar va universitet kutubxonasi bilan tanishuv boʻlib oʻtdi; urdu.uz

Ulashish