Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



“Sheʼriyat shohsupasi” koʻrik-tanlovining final bosqichi Muhammadrizo Ogahiy tavalludining 213 yilligiga bagʻishlandi


Talaba-yoshlarning ma’naviyatini yuksaltirish, ularni kitobga, sheʼriyatga oshno qilish, mashhur adiblarimiz hayoti va ijodi bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Urganch davlat universitetida anʼanaviy tarzda oʻtkazilib kelinayotgan “Sheʼriyat shohsupasi koʻrik-tanlovining bugun, 15-dekabr kuni final bosqichi boʻlib oʻtdi. Tanlovning final bosqichi mashhur oʻzbek adibi Muhammad Rizo Ogahiy tavalludining 213 yilligiga bagʻishlab oʻtkazildi.

Tadbirni UrDU Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori S.Davletov  ochib berib, Ogahiyning ijodiy faoliyati, adib yashagan xonlik davrlariga toʻxtaldi, “Sheʼriyat shohsupasi” koʻrik-tanlovining anʼana tusiga kirib qolganligi va talabalarning faol ishtiroki haqida iliq fikrlarni bildirib, final bosqichi ishtirokchilariga zafarlar tiladi.  Shuningdek, Xorazm viloyati hokimi maslahatchisi R.Xudoyberganovning tabrik nutqi tinglandi.

Muhammadrizo Ogahiy - Xiva xonligi davrida turkiy tilda eng ko‘p bitilgan nazmiy va nasriy asarlarning muallifi, turkiy til tarjimonlik maktabining Zahiriddin Muhammad Bobur lafzi bilan aytganda “eng ko‘b va eng xo‘b” ijodkori va peshqadami edi. Mumtoz shoir, sermahsul tarjimon, xassos muarrix, davlat arbobi – mirob.

Final bosqichda ishtirok etishga muvaffaq boʻlgan Filologiya fakultetining  6 nafar talaba-qizlari ulugʻ ajdodimizning ana shu qirralarini madh etib,  sahnada uning sheʼrlarini mahorat bilan ijro etdilar. Barcha ijro etilgan sheʼrlar,  kuy-qoʻshiq va raqslar, Ogahiy ijodiy faoliyatiga doir sahna koʻrinishlari tadbir qatnashchilari uchun adib ijodi boʻylab yana bir bora sayohat qilish imkonini berdi.

Hakamlar hay’ati xulosasiga koʻra “Sheʼriyat shohsupasi koʻrik-tanlovining final bosqichi gʻoliblari:

1-oʻrin: 204-guruh talabasi Ismoilova Kamola

2-oʻrin: 206-guruh talabasi Quvonberdiyeva Avazjon

3-oʻrin: 202-guruh talabasi Bekchanova Sharifa

Tadbir yakunida Filologiya fakulteti dekani D.Gʻayipov hamda fakultet professor-oʻqituvchilari gʻoliblarni qutlab,  diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirladilar.

urdu.uz, “Sheʼriyat shohsupasi” koʻrik-tanlovining final bosqichi Muhammadrizo Ogahiy tavalludining 213 yilligiga bagʻishlandi

urdu.uz, “Sheʼriyat shohsupasi” koʻrik-tanlovining final bosqichi Muhammadrizo Ogahiy tavalludining 213 yilligiga bagʻishlandi

urdu.uz, “SHEʼRIYAT SHOHSUPASI” KOʻRIK-TANLOVINING FINAL BOSQICHI MUHAMMADRIZO OGAHIY TAVALLUDINING 213 YILLIGIGA BAGʻISHLANDI

urdu.uz, “Sheʼriyat shohsupasi” koʻrik-tanlovining final bosqichi Muhammadrizo Ogahiy tavalludining 213 yilligiga bagʻishlandi

Ulashish