Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet

Kimyoviy texnologiyalar fakulteti yangi ta’mirlangan binoga ega boʻldi

Bugun Urganch davlat universitetining kapital taʼmirlanib, foydalanishga topshirilgan oʻquv binolari, talabalar turar joyi, texnopark va kutubxonasiga Xorazm viloyati hokimi oʻrinbosari S.Salayev boshchiligida bir guruh mehmonlar, universitetning faxriy ustozlari tashrif buyurishdi.   

Tashrifning ilk manzili Kimyoviy texnologiyalar fakulteti o‘quv binosi boʻldi.  U yerda UrDU rektori B.Abdullayevning ushbu fakultetda olib borilgan qurilish-taʼmirlash ishlari haqidagi taqdimoti tinglandi. Shuningdek, fakultet olimlarining ilmiy-innovatsion koʻrgazmasi namoyish etildi. 

Shundan soʻng, mehmonlar mazkur yangi binoning oʻquv auditoriyalari, laboratoriya xonalari bilan yaqindan tanishdilar. Jumladan, hozirda fakultetda Oziq-ovqat xavfsizligi, Yogʻ-moy mahsulotlari, Goʻsht mahsulotlari hamda Don mahsulotlari laboratoriyalari faoliyati yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF 2949-sonli farmoniga, asosan, Jahon taraqqiyoti banki mablag‘lari hisobidan 42 turdagi laboratoriya jihozlari sotib olinib, foydalanishga topshirilgan. Ushbu laboratoriyalar doimo yosh olimlar bilan gavjum.

Maʼlumot oʻrnida, Urganch tumani “Mustaqillik” ko‘chasida joylashgan Kimyoviy texnologiya fakultetining yangi oʻquv binosi 850 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, shu yilning noyabr oyida ishga tushurildi. Binoda konferensiya zallari, sport zali, 10 ta laboratoriya xonasi, 18 ta o‘quv auditoriyalari va boshqa zaruriy xonalar mavjud. 

urdu.uz, Kimyoviy texnologiyalar fakulteti yangi ta’mirlangan binoga ega boʻldi

Ulashish