Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Texnika fakulteti yangi ta’mirlangan oʻquv-laboratoriya binosiga ega boʻldi


 Bugun Urganch davlat universiteti jamoasi uchun bayramoldi tuhfalarga boy kun boʻldi. Jamoa bir vaqtning oʻzida ikkita oʻquv binosi, texnopark, talabalar turar joyi va zamonaviy kutubxonaning rasman ochilish marosimini katta xursandchilik bilan oʻtkazishga musharraf boʻldi.

 Mehmonlarimizning galdagi manzili Texnika fakultetining yangi oʻquv binosi boʻldi. Tashrif avvalida mehmonlar fakultetning ilmiy-innovatsion koʻrgazmasi bilan yaqindan tanishdilar. Fakultet olimlari tomonidan  koʻrgazmadan joy olgan barcha loyihalar taqdimot qilindi. Ularning sanoatda tadbiq etilishi, aholi uchun samarali tomonlari va sohani rivojlantirishdagi oʻrni haqidagi maʼlumotlari mehmonlarni diqqat-eʼtiborini tortdi. 

Bugungi kunda Texnika fakultetida 10 ta ta’lim yo’nalishi bo’yicha 2 ming nafardan ortiq talabalar tahsil oladi. 4 ta kafedrada 100 nafardan ziyod professor-oʻqituvchilar faoliyat olib borishadi. Fakultetda avtomobilsozlik, materialshunoslik, energetika, qurilish va arxitektura sohalarida ilmiy tadqiqotlar ishlari olib borilmoqda. Ushbu turdagi tadqiqotlarning ustuvorligi ishonchli texnik parametrlarga ega zamonaviy  laboratoriya jihozlaridan foydalanish hisobiga hududda oqsayotgan ilmiy-texnik taraqqiyotni rivojlantirishga qaratilgan.

 Tashrif doirasida mehmonlar o‘quv xonalari, laboratoriya xonalari, faollar zali va sport zallarida talabalar uchun yaratilgan sharoitlarni guvohi boʻldilar. Jumladan, hozirda fakultetda Qishloq xo’jaligi mashinalari, Avtomobilsozlik, Energetika va  Qurilish sohasi laboratoriyalarining faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.

Maʼlumot oʻrnida, Urganch shahar “Gurlan” ko‘chasida joylashgan Texnika fakultetining ushbu yangi binosi universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan kapital ta’mirlandi. Bino 1600 o‘rinli bo‘lib, 3 qavatli o‘quv binosi, 1 o‘quv-laboratoriya binosi, majlislar zali hamda sport zallaridan iborat. Binoda 33 ta o‘quv xonasi, 20 ta laboratoriya xonasi mavjud. 

urdu.uz, Texnika fakulteti yangi ta’mirlangan oʻquv-laboratoriya binosiga ega boʻldi

urdu.uz, Texnika fakulteti yangi ta’mirlangan oʻquv-laboratoriya binosiga ega boʻldi

urdu.uz, Texnika fakulteti yangi ta’mirlangan oʻquv-laboratoriya binosiga ega boʻldi

urdu.uz, Texnika fakulteti yangi ta’mirlangan oʻquv-laboratoriya binosiga ega boʻldi

urdu.uz, Texnika fakulteti yangi ta’mirlangan oʻquv-laboratoriya binosiga ega boʻldi

Ulashish