Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Keyingi manzil: Axborot-resurs markazi


Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlarning aksariyati ta’lim sohasini rivojlantirish, sifatini oshirishga qaratilgandir. Bu borada qanday dastur va rejalar qabul qilinmasin, ularning barchasida kelajagimiz bo‘lgan yoshlarimiz manfaatlari alohida hisobga olinayotganiga barchamiz guvohmiz. 

   Kuni kecha davlatimiz rahbari Sh.Mizriyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida ham asosiy e’tibor ta’limni rivojlantirish va sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqishga qaratilganini barchamiz chuqur angladik. Bu avvalo, shiddat bilan o‘zgarib borayotgan davrda raqobatbardosh kadrlarga bo‘lgan talabning yuqori ekanini ko‘rsatadi. Ta’lim sohasining rivoji va sifatida esa albatta, zamonaviy texnologiya,  moddiy-texnik baza muhim o‘rin tutadi. 

  ▫️Urganch davlat universitetida so‘nggi yillarda katta o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda.  Ana shunday bunyodkorlik ishlarining uzviy davomi Texnika fakultetining hududida joylashgan, kapital taʼmirlangan zamonaviy Axborot resurs markazidir.  Bugun  mehmonlarimiz ushbu Axborot resurs markazida ham boʼlib, u yerdagi sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Maʼlumot oʻrnida, ushbu 250 oʻringa moʻljallangan kutubxona Texnika va Filologiya fakulteti talabalari uchun xizmat qiladi.  Umumiy fondi 23 873 adabiyotdan iborat. Axborot- resurs markazida talabalar uchun barcha qulayliklar yaratilgan. 2 ta katta  oʻquv zali, kompyuter xonalari, adabiyotlarni saqlash fondlari mavjud. Talabalar boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish maqsadida 9 mingdan ziyod badiiy adabiyotlar mavjud. Kutubxona doimiy ravishda talabalar bilan gavjum.

urdu.uz, Keyingi manzil: axborot-resurs markazi'urdu.uz, Keyingi manzil: axborot-resurs markazi

urdu.uz, Keyingi manzil: axborot-resurs markazi

urdu.uz, Keyingi manzil: axborot-resurs markazi

Ulashish