Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Navoiyga ehtirom


Bugun, 9-fevral kuni Urganch davlat universiteti Filologiya, Texnika hamda Pedagogika fakultetlari hamkorligida ulugʻ shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligiga bag'ishlangan "Navoiyga ehtirom" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi. 

Ulugʻ shoir asarlarining badiiy koʻrgazmasi bilan boshlangan tadbirni UrDU birinchi prorektori S.Davletov kirish soʻzi bilan ochib berdi. Hazrat Navoiy shaxsiga toʻxtalib, Uchinchi Renessans poydevori yaratilayotgan bugungi kunda Alisher Navoiyning bezavol adabiy merosini chuqur o‘rganish va ommalashtirish har qachongidan muhimligini taʼkidladi. Shuningdek, “Oʻzbek tili va adabiyoti” kafedrasi mudiri S.Matkarimovaning maʼruzasi tinglandi.

Tadbirda talabalar tomonidan Navoiyning g‘azal va ruboyilaridan namunalar o‘qilib, sahna ko'rinishlari namoyish etildi. 

urdu.uz, Navoiyga ehtirom

urdu.uz, Navoiyga ehtirom

urdu.uz, Navoiyga ehtirom

urdu.uz, Navoiyga ehtirom

urdu.uz, Navoiyga ehtirom

urdu.uz, Navoiyga ehtirom

Ulashish