Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universitetida Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi keng nishonlandi


Bugun, 9-fevral sanasida  buyuk shoir, g'azal mulkining sultoni hazrat mir Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi yurtimiz boʻylab keng nishonlanmoqda.  Albatta, bu anʼana universitetimizda ham har yil bayramona shukuhda oʻtkaziladi.

Bugun ham universitet Madaniyat saroyida Filologiya fakulteti tashabbusi bilan “Buyuk ajdodlar yodi doim barhayot” nomli badiiy kecha boʻlib oʻtdi. Unda Xorazm viloyati hokimligi vakillari, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyati boʻlimi aʼzolari, viloyatimizning taniqli ijodkorlari, Urganch davlat universiteti rahbariyati, professor-oʻqituvchilari va talaba-yoshlari ishtirok etishdi.

Tadbirni UrDU rektori B.Abdullayev kirish soʻzi bilan ochib berdi, oʼzbek adabiyoti  va madaniyati tarixidagi ulugʼ siymo, buyuk davlat arbobi Аlisher Navoiy hayoti va ijodiga toʼxtaldi.

Alisher Navoiyning bebaho merosi nafaqat turkiy xalqlar, balki butun bashariyat uchun bamisoli obihayot manbayi, barhayot ma'naviy sarchashmalardan biri ekanligi, olti asrga yaqin muddatda turkiy tafakkur karvoniga sarbonlik qilib kelayotgan tengsiz tafakkur dahosi va har bir satri oltinga teng bo'lgan asarlari odamiylikning oliy sabog'i ekanligi  adabiy-badiiy kechada soʻz olgan mehmonlar va adabiyot ixlosmandlari tomonidan alohida eʼtirof etildi. Atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiyning hayoti, yuksak insonparvarlik g‘oyalari, ilmiy-adabiy merosini yurtimizda va xalqaro miqyosda keng o‘rganish hamda targ‘ib etish xususida to‘xtaldilar.

Tadbir davomida Navoiyning xalqimiz koʻnglidan chuqur joy olgan gʻazallari asosidagi milliy mumtoz maqom ashulalari vohamizning taniqli ijodkorlari va Pedagogika fakultetining isteʼdodli talabalari tomonidan jonli kuylandi.  

Badiiy kecha “Navoiyxon talaba” koʻrik-tanlovining final bosqichiga ulanib ketdi.

urdu.uz, Urganch davlat universitetida Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi keng nishonlandi

urdu.uz, Urganch davlat universitetida Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi keng nishonlandi

urdu.uz, Urganch davlat universitetida Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi keng nishonlandi

urdu.uz, Urganch davlat universitetida Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi keng nishonlandi

Ulashish