Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



UrDU Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi dzyudochi Alisher Yusupov Yaponiyaning Osaka shahrida bo'lib o'tgan turnirda bronza medalini qo'lga kiritdi


Yaponiyaning Osaka shahrida “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi turnirning 100 kilogrammdan oshiq  vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan UrDU Jismoniy madaniyat  fakulteti 175-gurux talabasi  dzyudochi  Alisher Yusupov  bronza medali uchun kechgan bellashuvda 2019 yili Germaniyaning  Dyusseldorf shahrida hamda Braziliya davlatining Brazilia shaxrida  o‘tkazilgan  “Katta dubulg‘a” turnirlari g‘olibi, yaponiyalik Daygo Kagavani mag‘lubiyatga uchratib, shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi.

Eslatib o‘tamiz, eng og‘ir vaznli dzyudochilar birinchiligida tatamiga chiqqan sportchimiz birinchi davrada Evropa chempioni, ko‘plab Gran-pri turkumiga kiruvchi turnirlar g‘olibi va sovrindori  rossiyalik Ruslan Shaxbazov, ikkinchi bosqichda avstriyalik Stefan Xegidan ustun kelgandi. Chorak finalda yaponiyalik Yusuke Kumashiroga yutqazgan dzyudochimiz o‘tish bahsida XXVIII-Osiyo o‘yinlari g‘olibi Kim Sang Minni mag‘lub etdi. 

O‘z navbatida  Alisher Yusupov musobaqaning bronza medali hamda Olimpiada o‘yinlari uchun 500 reyting ochkosini ham qo‘lga kiritdi

Ulashish