Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Pekin universiteti delegatsiyasi Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi


Joriy yil 12-13-avgust kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Pekin universiteti Pekin xalqaro matematika ilmiy tadqiqot markazi direktori, akademik Tian Gang boshchiligidagi delegatsiya Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi. Mehmonlar 12-avgust kuni Xiva shahrining “Ichan qalʼa” muzey qoʻriqxonasi boʻylab sayohat qildilar.

Bugun, 13-avgust kuni delegatsiya aʼzolari bilan Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev boshchiligida prorektorlar, Fizika-matematika fakulteti dekani va kafedra mudirlari, Xalqaro hamkorlik boʻlimi vakillari ishtirokida rasmiy uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Muloqot avvalida rektor B.Abdullayev mehmonlarning universitetga tashrifidan mamnunligini izhor etib, Urganch davlat universiteti Pekin universiteti bilan hamkorlik qilishdan doimo manfaatdor ekanligini bildirdi. Universitetning Xitoy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik aloqalari haqida toʻxtaldi. Universitetda sohani rivojlantirish uchun olib borilayotgan ishlarga toʻxtaldi. Matematika boʻyicha oʻtkazilgan xalqaro yozgi maktablar, seminar va konferensiyalar, xalqaro olimpiadalar haqida maʼlumot berdi. 

Pekin xalqaro matematika ilmiy tadqiqot markazi direktori, akademik Tian Gang ushbu tashrifdan maqsad Urganch davlat universiteti rektorining joriy yil yanvar oyida Pekin universitetiga tashrifiga javobi sifatida ekanligini bildirdi. 

Uchrashuvda ikki oliygoh oʻrtasida boshlab qoʻyilgan matematika boʻyicha hamkorlikni rivojlanitirish, professor-oʻqituvchilar va talabalar almashinuvini yoʻlga qoʻyish, birgalikda ilmiy tadqiqotlar olib borish, matematika markazini tashkil qilish hamda boshqa sohalarda ham hamkorlik oʻrnatish imkoniyatlarini koʻrib chiqdilar. 

Shundan soʻng, Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor S.Xodjaniyozov Urganch davlat universiteti haqida,  Pekin universiteti professori Liu Xiaobo esa Pekin xalqaro matematika ilmiy tadqiqot markazi haqida taqdimot qilib berib, oliygohlarning bugungi kundagi faoliyati bilan yaqindan tanishtirdilar. 

Muloqot davomida Urganch davlat universiteti tomonidan IT, fizika, biologiya, kimyo hamda arxeologiya sohalarida ham Pekin universiteti bilan hamkorlik qilish istagi bildirildi. Uchrashuv matematikaning istiqbollari, sunʼiy intellekt hamda boshqa turli sohalarda hamkorlik aloqalarini mustahkamlash haqidagi samimiy suhbat bilan yakunlandi.

Ulashish