Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Ozarbayjonlik mehmonlar uchun madaniy tadbir tashkil etildi


Bugun Urganch davlat universitetiga tashrif buyurgan Ozarbayjon Respublikasi delegatsiyasi a’zolari uchun oliygoh Madaniyat saroyida Filologiya va sanat fakulteti tomonidan madaniy tadbir namoyish etildi.

Tadbirni universitet rektori B.Abdullayev ochib berib, ikki xalq o’rtasidagi azaliy do’stlik aloqalari, mamlakatlar o’rtasida hamkorlikda ta’lim, madaniyat va turizm sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning yorqin istiqbollari haqida so’z yuritdi. Mehmonlarning oliygohga tashrifidan mamnunligini bildirdi. 

Ozarbayjon Respublikasi Shusha shahri delegatsiya rahbari A.Kerimov ham tadbirda so’zga chiqib, mehmondo’stlik uchun universitet jamoasiga minnatdorchilik bildirdi. Oliygohda Ozarbayjon madaniyati, adabiyoti va urf-odatlariga bo’lgan qiziqishidan mamnuniyatini izhor qilib, kelgusida hamkorlikda faoliyat olib borish istagini bildirdi.

Tadbirda fakultetning isteʼdodli talaba-yoshlari tomonidan oʼzbek va ozar xalqlari uchun birdek qadrli va sevimli boʻlgan kuy-qoʻshiqlar ijro etildi, har ikkala xalq milliyligi aks etgan goʻzal raqslar namoyish etildi. 

Ayniqsa, O'zbekiston Respublikasi xalq hofizi O.Matchanov tomonidan ijro etilgan milliy maqomchiligimiz goʻzal namunalari mehmonlarga manzur bo’lib, barchaga xush kayfiyat ulashdi.

Ulashish