Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



3-mart — Butunjahon yovvoyi tabiat kuni!


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-171-son 3-bandiga muvofiq, yurtimizda 3-mart kuni "Butunjahon yovvoyi tabiat kuni" sifatida nishonlanishi belgilangan.

Shu munosabat bilan bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Tabiiy va qishloq xo'jaligi fanlari fakulteti Ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi tomonidan ko'rgazma tashkil etildi. Unda oliygoh birinchi prorektori D.Ibadullayev, Ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi mudiri S.Babajonova, fakultet professor-o'qituvchilari va tyutorlari ishtirok qilishib, ekologiya fani, yovvoyi tabiatning mutlaq qiymati, genetik, ijtimoiy, iqtisodiy, ilmiy, ma’rifiy, madaniy, rekreatsion va estetik jihatlari, yurtimizda tabiatning sofligini asrab-avaylash va kelajak avlodga butunligicha yetkazish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar haqida o'zaro fikr almashishdi.

Shuningdek, ko'rgazmada Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputat yordamchisi Sh.Xodjimuratov hamda O'zbekiston Ekologik partiyasi bosh mutaxassisi B.Qalandarovlar mehmon sifatida ishtirok etdi. Muloqot davomida mutaxassislar tomonidan yovvoyi tabiatning insonga bog'liqligi, uni asrash muhimligi, tabiatni muhofaza qilishning samarali usullari haqida ma'lumotlar taqdim etilib, ekologik ongni shakllantirishga qaratilgan tavsiyalar berildi.

"Butunjahon yovvoyi tabiat kuni" munosabati bilan o'tkazilgan ushbu ko'rgazma har bir kishini ekologiyaga befarq bo'lmaslikka, tabiatni asrash va kelajak avlodlarga sof atrof-muhitni qoldirishga undaydi.




















 

Ulashish