Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



“Maqar” va “Boljon” kitoblarining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi


Bugun Urganch davlat universitetida o‘zbek zamonaviy adabiyotining yorqin vakili, yozuvchi va tarjimon Shuhrat Matkarimov qalamiga mansub “Maqar” hamda “Boljon” kitoblarining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda universitet professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlar, taniqli adabiyotshunoslar va mehmon ijodkorlar, Xorazm viloyati Yozuvchilar uyushmasi va Jurnalistlar uyushmasi aʼzolari ishtirok etishdi. Taqdimot marosimiga Filologiya va san’at fakulteti dekani D.G’ayipov moderatorlik qildi.

Taqdimot kechasida O‘zbekiston Qahramoni, adabiyotshunos olim, tarjimon Ibrohim G‘afurov, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan jurnalist Ashurali Jo'rayev, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyati boʻlimi rahbari Gavhar Ibadullayeva singari qator ijodkorlar tomonidan yozuvchi va tarjimon Shuhrat Matkarimning mazkur asarlari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. 

Ijodkorning “Maqar” qissasida tasvirlangan murakkab insoniy kechinmalar, ijtimoiy ziddiyatlar va hayotiy haqiqatlar chuqur tahlil qilindi. Asarda o‘zbek jamiyatining bugungi kundagi ayrim ijtimoiy muammolari san’atkorona yondashuv bilan yoritilgan bo‘lib, o‘quvchini chuqur mushohadaga chorlaydi.

“Boljon” nomli hikoya va qissalar to‘plamida esa oddiy insonlar hayoti, ularning orzu-umidlari, qayg‘u va quvonchlari obrazlar orqali jonli va samimiy tasvirlangan. Asarlarda qadimiy Xorazmning milliy ruhi, shirin shevasi va xalqona ohanglari baralla aks etadi.

Tadbir davomida muallif Shuhrat Matkarimov asarlarning yaratilish jarayoni, ularni yozishga turtki bo‘lgan hayotiy holatlar, shuningdek, zamonaviy adabiyotning yosh avlod uchun ahamiyati haqida so‘zlab berdi. 




Ulashish