Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Al-Xorazmiy nomidagi III xalqaro matematika olimpiadasi ishtirokchilari “Ichan qalʼa” bo‘ylab sayohat qilishdi


Bugun Al-Xorazmiy nomidagi III xalqaro matematika olimpiadasi doirasida dunyoning turli davlatlaridan tashrif buyurgan yosh matematiklar qadimiy Xivaning yuragi bo‘lgan “Ichan qalʼa” muzey-qo‘riqxonasi bo‘ylab sayohat qilishdi. Ushbu tashrif olimpiada doirasidagi ilmiy bellashuvlardan tashqari, ishtirokchilarga Xorazmning boy tarixi va madaniy merosi bilan yaqindan tanishish imkoniyatini yaratdi.

"Ichan qalʼa" — YuNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan noyob me’moriy majmua bo‘lib, o‘zida ko‘plab qadimiy obidalarni mujassam etgan. Sayohat davomida mehmonlar Muhammad Aminxon madrasasi, Kalta minor, Juma masjidi, Tosh hovli saroyi kabi tarixiy yodgorliklarni ko‘zdan kechirishdi. Mehmonlarga qal’a tarixi, Xiva xonligi davridagi siyosiy va madaniy hayot haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Mazkur tashrif Xorazm viloyatining turizm salohiyatini yanada namoyon etishga xizmat qilib, xalqaro mehmonlarda viloyatning tarixiy obidalari va mehmondo‘st xalqiga bo‘lgan qiziqishini oshirdi. 

Ulashish