Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Iqtidor va bilim sinovda – Davlat stipendiyalari tanlovining 1-bosqichi bo'lib o'tdi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-sentabrdagi PF-6309-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi 226-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy taʻlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 25-iyundagi 239-sonli buyrug‘iga asosan, Urganch davlat universitetida Prezident davlat stipendiyasi hamda nomli Davlat stipendiyalari tanlovining 1-bosqichi bo'lib o'tdi.

Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga muvofiq, ta’lim sohalari inobatga olingan holda:
Magistratura bosqichi talabalari uchun — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidagi;
Bakalavriat bosqichi talabalari uchun — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tanlovi uchun yo‘nalishlar tasdiqlangan.

Mazkur tanlovlarining dastlabki bosqichida talabgorlar O’zbekiston tarixi, davlat tili va chet tili fanlaridan og'zaki imtihon topshirishib, o'z bilimlarini sinovdan o'tkazishdi. 

Ushbu tanlovlar iqtidorli, bilimli, intiluvchan va faol yoshlarga o‘z salohiyatini to‘laqonli namoyon etish, ilm-fan va jamiyat rivojiga munosib hissa qo‘shish uchun katta imkoniyat yaratadi.

Ulashish