Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



“Qovun sayli – 2025” festivali boshlandi!


8–10 avgust kunlari an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan mazali va madaniy bayram — “Qovun sayli” yana biz bilan!

Bu yilgi festival qadimiy va betakror Xiva shahri, xususan, “Ichan qal’a” va “Arda Xiva” majmualarida bo‘lib o‘tmoqda. Festivalda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti ham faol ishtirok etmoqda.

Universitetimizning zamonaviy va o‘ziga xos pavilyoni nafaqat yurtimiz mehmonlari, balki chet ellik sayyohlar e’tiborini ham tortmoqda.

Ko‘rgazmada Kimyoviy texnologiyalar fakulteti olimlari tomonidan ishlab chiqilgan, xalqaro standartlarga mos 140 dan ortiq xildagi qovunni qayta ishlash mahsulotlari namoyish etilmoqda. Shuningdek, universitet Qovunchilik bo'limi tomonidan qovunni yangi navlarini yaratish bo'yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari natijalari ham namoyishga qo'yilgan.

Barcha aziz yurtdoshlarimizni sayilga mamnuniyat bilan taklif etib qolamiz!

Ulashish