Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universitetida 600 o‘rinli talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi


26-avgust kuni yurtimiz bo‘ylab 9 980 o‘rinli 18 ta yangi talabalar turar joyi hamda 2 ta zamonaviy o‘quv binosi (1000 va 2000 o‘rinli) foydalanishga topshirildi. Mazkur tantanali ochilish marosimi markazlashgan holda, Zoom platformasi orqali tashkil etilib, bir vaqtning o‘zida bir nechta hududlarda o‘tkazildi.

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti ham ushbu tarixiy kunda ishtirok etdi. Prezidentimizning 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-sonli Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 563-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Urganch tumani "Mustaqillik" ko‘chasi 43-uyda joylashgan hududda qurilgan qiymati 28,2 milliard so‘m bo‘lgan, zamonaviy 7 qavatli, 600 o‘ringa mo'ljallangan talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi.

Talabalar uchun yaratilayotgan bu sharoitlar – ularning ta’lim olishi, dam olishi va sog‘lig‘i uchun zarur bo‘lgan barcha qulayliklarni o‘z ichiga oladi.

Urganch davlat universiteti yangi o‘quv yilini yangicha ruhda, yangi yutuqlar bilan boshlamoqda!

Ulashish