Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



UrDUda Germaniyadan kelgan yosh tadqiqotchilar bilan RISMUz/RESMiCA loyihasi doirasida ilk uchrashuv bo‘lib o‘tdi


Bugun, 27-avgust kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida Germaniyadan kelgan yosh tadqiqotchilar bilan RISMUz/RESMiCA loyihasi doirasidagi ilk uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Mazkur uchrashuv barqaror transport tizimlarini rivojlantirishga qaratilgan xalqaro hamkorlikning yangi bosqichini boshlab berdi. Uchrashuvda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor Z.Ibragimov, Biznes va boshqaruv kafedrasi dotsenti E.Xodjaniyazov hamda loyihaning mahalliy ishtirokchilari ishtirok etdi.

Tadqiqotchilarga universitet kampusi, ilmiy laboratoriyalar, hamkorlik imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. RISMUz/RESMiCA loyihasi doirasida Germaniyadan kelgan yosh olimlar 3 oy davomida Urganch shahrida barqaror shahar transporti, piyodalar va velosiped yo‘laklari, jamoat transporti tizimlari hamda yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib boradilar. 

Shuningdek, ular mahalliy mutaxassislar bilan birgalikda “Nurli Hayot” mahallasida transport infratuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqotlarni amalga oshiradilar.

Ulashish