Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



RISMUz tadqiqot markazining ochilishi marosimi boʻlib oʻtdi


Bugun, 25-sentabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida Oʻzbekiston- Germaniya qoʻshma loyihasi doirasidagi  2-RISMUz loyihasi tadqiqot markazining ochilishi marosimi oʻtkazildi.

Tantanali tadbirda UrDU rektori v.v.b. S. Xodjaniyozov, loyiha rahbari, Germaniyaning Berlin texnika universiteti professori Dr.-Ing. Vulf-Xolger Arndt hamda boshqa nufuzli mehmonlar ishtirok etib, so‘zga chiqdilar. Shundan so‘ng, rasmiy tasmalarni kesish marosimi va markaz faoliyati bilan tanishuvlar bo‘lib o‘tdi.  

Marosim doirasida tomonlar o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu anglashuv memorandumi barqaror harakatchanlik sohasida ta’lim, tadqiqot va ilmiy almashinuv yo‘nalishlarida hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan.

Shuningdek, memorandum doirasida markazning zamonaviy biznes modelini ishlab chiqish, qo‘shma tadqiqot faoliyatini olib borish, qo‘shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, ilmiy nashrlar ustida birgalikda ishlash, tadqiqotlar, ma’ruzalar va muhokamalar uchun professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish kabi masalalar belgilab olindi.

Yangi tadqiqot markazi faoliyati nafaqat Urganch davlat universiteti, balki butun mintaqa ilmiy salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, transport xavfsizligi va logistika sohalarida ilg‘or tajribalarni o‘zlashtirish, zamonaviy ilmiy yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etish, shahar va mintaqaviy miqyosda barqaror harakatchanlikni ta’minlash hamda yo‘lovchi tashish tizimlarining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

©️UrDU Matbuot xizmati

Ulashish