Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universiteti Kengashining 2- majlisi bo‘lib o‘tdi


2025-yil 29-sentabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida Ilmiy Kengashning 2025/2026-o‘quv yilidagi 2-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish universitet rektori v.v.b. S.Xodjaniyazov raisligida, Kengash a’zolari ishtirokida tashkil etildi. Dastlab, rektor jamoani muqaddas bayram — Ustoz va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etdi. U o‘z nutqida murabbiylik kasbining jamiyatdagi ahamiyati, yosh avlod tarbiyasidagi roli haqida to‘xtalib o‘tdi.

Yig'ilishda universitetning ilmiy salohiyatini oshirish yo‘lida salmoqli hissa qo‘shgan professor-o‘qituvchilarga DSc (fan doktori) va PhD (falsafa doktori) ilmiy darajalari, shuningdek, OAK tomonidan berilgan dotsentlik ilmiy unvoni diplomlari tantanali ravishda topshirildi.

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Ilmiy kengashida kun tartibidan o’rin olgan masalalar yuzasidan mas’ullarning axborot hamda hisobotlari tinglandi:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasi 80-yubiley sessiyasida so‘zlagan nutqi mazmun-mohiyati  to‘g‘risida;
Professor-o‘qituvchilarning xorijiy  nufuzli ilmiy jurnallarda maqolalar chop qilishi holati to‘g‘risida;
Urganch davlat universitetining 2025-ilning I yarmidagi moliyaviy faoliyati to‘g‘risida;
Universitet kafedralari tomonidan   investitsiyalar jalb qilinishi va xorijiy talabalarning o‘qishga qamrab olinishi ahvoli  to‘g‘risida.  

Shuningdek, har xil masalalar va saylovlar Kengash kun tartibidan joy oldi.

Ulashish