Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universiteti jamoasining bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi


Bugun “1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Bu kun — ma’rifat fidoyilari, yosh avlod qalbiga ilm va nur, ma’naviyat va ma’rifat olib kirayotgan ustozlar mehnatini e’zozlash, ularning jamiyat hayotidagi ulug‘ o‘rnini yana bir bor yodga olish kuni sifatida alohida ahamiyat kasb etadi.

Tadbirda universitet rektori v.v.b. S.Xodjaniyazov va qator professor-o‘qituvchilar so‘zga chiqib, ustozlarning ta’lim-tarbiya jarayonidagi fidokorona xizmatlarini yuksak qadrlab, ularni bayram bilan tabriklashdi. 

Tantanali bayram tadbirida “1-oktabr –O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan ta’lim sohasida samarali mehnat qilib, talaba-yoshlarning zamon talablari asosida kasb-hunar egallashi yo‘lida, ularni yurtga sadoqat ruhida tarbiyalashdagi fidoyiligi, ilm yoʻlidagi shijoati uchun universitetning bir guruh professor-o‘qituvchilariga faxriy yorliq hamda universitet Kasaba uyushmasining esdalik sovg‘alari topshirildi.  

Bayram tantanasi davomida San’at kafedrasi professor-o‘qituvchilarining kuy-qo‘shiqlari va “Jayhun” orkestr jamoasining badiiy chiqishlari barchaga quvonch va bayramona kayfiyat bag‘ishladi.

Ulashish