Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



FVB hamkorligida talabalarning ijara xonadonlaridagi xavfsizlik oʻrganilmoqda


Ayni kunlarda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti hamda Urganch shahar Favqulodda vaziyatlar boʻlimi hamkorligida kuz-qish mavsumida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yong‘in xavfsizligini ta’minlash maqsadida universitetning talabalari istiqomat qilayotgan ijara xonadonlarida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Bugun ham mazkur jarayonlar davom ettirilib, dastlab Urganch shahar Favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimlari tomonidan seminar tashkil etildi.  Unda universitet tyutorlariga talabalarning ijara xonadonlarida xavfsizlik choralarini kuchaytirish maqsadida is gazidan zaharlanish, yong‘in xavfsizligi va elektr toki bilan bog‘liq xavflarni oldini olish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. 

Favqulodda vaziyatlar boʻlimi va Urganch davlat universiteti hamkorligida o‘tkazilgan ushbu chora-tadbirlar talabalarning hayotini muhofaza qilish va xavfsiz muhit yaratishga qaratilgan boʻlib, tadbirlar doirasida barcha ijara xonadonlarini koʻzdan kechirish rejalashtirilmoqda. 

Ulashish