Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



UrDUda “Xalqaro qizlar kuni” – ezgulik va ilhom bayrami sifatida nishonlandi


10-oktabr sanasida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida Xotin-qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan “Dunyoni tinchlik va ezgulikka ilhomlantiramiz!” shiori ostida “Xalqaro qizlar kuni”ga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, talaba-qizlar hamda mehmonlar ishtirok etishdi.

Dastlab UrDU birinchi prorektori D.Ibadullayev va Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi N.Atajonova, shuningdek, Turkiyaning nufuzli Çanakkale Onsekiz Mart universitetidan tashrif buyurgan professor Minara Guliyeva so‘zga chiqib, barcha talaba-qizlarni bayram bilan samimiy tabriklab, ularning ilm-fan, madaniyat va ijtimoiy hayotdagi faolligini alohida ta’kidlab o‘tishdi.

Shundan so‘ng, badiiy qismga navbat berildi. Tadbirning badiiy qismida Filologiya va san’at fakultetining iqtidorli talabalari tomonidan kuy-qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari va she’riy chiqishlar namoyish etildi. Shuningdek, “Jayxun” orkestr jamoasining jo‘shqin chiqishlari tadbirga bayramona ruh bag‘ishladi.

Bayramning eng diqqatga sazovor qismi esa milliy qadriyatlarni targ‘ib etuvchi milliy liboslar namoyishi bo‘ldi. Talaba-qizlar o‘z ijodlari va didi bilan yaratilgan liboslarni namoyish etib, sahnani rang-baranglik va milliylik ruhi bilan to‘ldirishdi.

Ushbu tadbir nafaqat bayramona kayfiyat, balki yosh avlodni ezgulikka, mehnatsevarlikka va ijodkorlikka chorlovchi chinakam ilhom manbai bo‘ldi. 

Ulashish