Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Kaliforniyaning Berkliy universiteti hamda Urganch davlat universitetining interaktiv ko‘p tarmoqli o‘qitish loyihasi


Kaliforniyaning Berkliy  universiteti hamda  Urganch davlat universitetining  interaktiv ko‘p tarmoqli o‘qitish loyihasi "University of California at Berkeley  Urgench State University  Uzbekistan  Interactive multi-disciplinary teaching in structural health" doirasida 2020-yil yanvar oyidan izlanishlar olib borilmoqda. 
Bunda Xiva  «Ichanqal’a» majmuasi tizimidagi  «Juma masjid»  me’moriy obidasi majmuasi texnik holatini o‘rganishda yangi innovatsion yondashish-lazer skanerlash metodidan foydalanildi. 
Murakkab pandemiya sharoitidan kelib chiqib, Loyihaning 1-bosqichi   Zoom tizimida nazariy mashg‘ulotlar shaklida olib borildi hamda lazerli skanerlash ishlari bevosita obyektda amalga oshirildi. Bu borada ilk bor aytarli darajadagi natijalar olindi. 
Hozirda loyihaning ikkinchi yakunlovchi qismini amalga oshirish ishlariga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Bu bosqichda   obyektda uzoq yillar davomida yuzaga kelgan darzlar dinamikasini o‘rganish, “Islomxo‘ja” me’moriy majmuasida o‘lchov ishlarini bajarish, o‘lchov ishlari olib borilgan jarayonni modellashtirish va shu kabi  ishlar olib boriladi.

Ulashish