Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Xotira muqaddas, inson qadri aziz


2021-yil 4-may kuni Turizm va iqtisodiyot fakulteti professor-o‘qituvchi va talabalari 9-may - "Xotira va qadrslash kuni" munosabati bilan  Xiva tumani  Soyot qishlog‘ida yashovchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi faxriy Samandar ota Xudoyberganov  xonadoniga tashrif buyurib,  otaxonning holidan xabar oldilar. Otaxon suronli yillar, urush xotiralaridan gapirib berdi. Tashrifdan o`z mamnuniyatini izhor qilib, duo qildilar.
Shuningdek,  Xiva tuman Soyot qishlog‘ida yashovchi mustaqillik yillarida o‘z burchini bajarishda halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimi marhum Mamatov Olimboy Sabirovich   xonadoniga tashrif buyurib, uning oila a’zolari  holidan xabar oldilar. Oila a’zolari bilan uning el-yurtiga ko‘rsatgan xizmatlari to‘g‘risida suhbat qilib, marhumni yod etdilar.  Tashrif uchun   xonadon a’zolari UrDU ma’muriyati hamda Turizm va iqtisodiyot fakulteti professor-o‘qituvchilari jamoasiga minnatdorchilik bildirdilar.
 

 

Fizika-matematika fakulteti o'qituvchilari  talabalar bilan hamrohligida Xorazm viloyati Shovot tumanida istiqomat qiluvchi  Ikkinchi jahon urushining Ukraina va Belarussiya janglarida qatnashgan Jumaniyazov Shomurat ota xonadoniga tashrif buyurib, otaxonning holidan xabar oldilar. Otaxon talabalarga  o`z xotiralarini haqida so`zlab berdi.

Kimyoviy texnologiyalar fakulteti professor-o‘qituvchilari 9-may – “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Urganch tumanida yashovchi ulug‘ vatan urushi qatnashchisi Xodjayev Otavoy otaning xonadoniga tashrif buyurib,  bayram bilan tabrikladilar.  Otaxon hozirda qutlug‘ 100 yoshni qarshi olgan, otaxonga sog‘lik-salomatlik tilab qolamiz.

 

Texnika fakultetining  professor-o‘qituvchilari 9-May – “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan  Bog‘ot tumani Nayman qishlog‘i  Nayman mahallasida yashovchi Ikkinchi  jahon urishi qatnashchisi, 1-guruh nogironi 1922-yilda tug‘ilgan  Yomg‘irov Marat otani  xonadoniga borib, holidan habar olib, bayram bilan samimiy tabrikladilar.
Shuningdek, fakultetining  Yoshlar ittifoqi yetakchisi J.Mirzayev va faol talabalari Yangiariq tumani Qarmish qishlog‘ida yashovchi mustaqillik yillarida o‘z burchini bajarishda halok bo‘lgan Yaqubov Dilshod Ilyosovichning xonadoniga borib, oila a`zolari bilan uchrashdilar. Marhumni xotirlab, haqqiga duo qildilar.
 

 

Tarix fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari X.Saidov  hamda fakultet  talabalari  9-may  - “Xotira va qadrlash kuni”  munasabati bilan ulug‘ Vatan urush qatnashchisi Hazorasp tumanida yashovchi Matnazarov Bekchon ota xonadoniga tashrif buyurdilar. Bobo urush yillaridagi zulmatli kunlar, uning fuqarolarimiz, butun jahonga yetkazgan salbiy ta’sirlari va hozirgi mustaqilligimiz munosabati bilan davlatimizda bo‘layotgan rivojlanish, yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar haqida gapirib o‘tdi. Uchrashuv so‘nggida faxriy bobo  mustaqilligimiz abadiy bo‘lishi, yurtimiz yanada rivojlanishi uchun duo qildi. 
 
2021-yil 5-may kuni Jismoniy madaniyat fakulteti professor-o'qituvchilari Yangibozor tumanida istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Abdulla ota Ahmedovni 9-may  - “Xotira va qadrlash kuni”  bayrami bilan tabriklash maqsadida uning xonadoniga tashrif buyurdilar. Otaxon  urush yillari xotiralaridan gapirib berib,  tashrifdan o`z mamnuniyatini izhor qilib, duo qildilar.

 

Ulashish